Azimova Durdona Abdulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat oqava suvlari tarkibidagi metallarni tozalash uchun defekat, bentonit asosida adsorbentlar olish va qo‘llash», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4578.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Yo‘ldosh Yusupbaevich. kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasul Jumyazovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: defekat, bentonit asosida sorbent-reagent olish va metallurgiya sanoat oqava suvlari tarkibidan metall ionlarini tozalashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial termik tahlil natijalariga ko‘ra, uglerodning intensiv yonishi 6150S haroratda boshlanishi va 7000S haroratda tugashi, defekatni (D) kuydirish paytida hosil bo‘lgan uglerod tuzilishi jihatidan koksga yaqinligini, uning yonib ketishini oldini olish uchun termik pirolizni 580...6000 S haroratda kuydirish zarurligi isbotlangan;
termik modifikatsiyalangan defekat (TMD) da metil ko‘kining past konsentratsiyali eritmalarda yutilish darajasi 1-5 mg/l konsentratsiyalarda 80-90% ni, 10-20 mg/l konsentratsiyali eritmalarda esa 70-75 % ekanligini aniqlangan;
termik modifikatsiyalangan defekat (TMD) va bentonitning 80:20 og‘irlik nisbatidagi kompozisiyalarida 0,01 m/l konsentratsiyadagi eritmadan Su2+ ionlarini 96,86 %, 60:40 nisbatidagi kompozisiya -94,82 % ni, 40:60 nisbatidagi kompozisiya esa 92,32 % yutilishi aniqlangan;
TMD yordamida metallurgiya sanoati oqava suvlari 2-5% qo‘shib tozalanganda, oqava suv tarkibidagi Mn -99,9%; As -99,1%; Mo-98%; U-100%; Be, Al-97,2% gacha ionlaridan tozalashi aniqlangan;
termik modifikatsiyalangan defekat (TMD) va bentonit asosida sorbent-reagent olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
termik modifisirlangan defekat (TMD) va bentonit kompozisiyalari yordamida sanoat oqava suvlari tarkibidan metall ionlarini tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat oqava suvlari tarkibidagi metallarni tozalash uchun defekat, bentonit asosida adsorbentlar olish va qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shakar sanoati chiqindisi -defekatni modifikatsiyalab sorbent-reagent olish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2024 yil 15 iyuldagi 23/01-01-07/371-son ma’lumotnomasi) Natijada, sanoat chiqindisini utilizatsiya qilib, kimyoviy sorbent-reagent olish imkoniyatini bergan;
sanoat oqava suvlari tarkibidan metall ionlarini sorbsiya qilish uchun ko‘mirlashtirilgan defekat va bentonit asosida olingan kompozisiyalarini qo‘llash texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJ ning 2023 yil 15 dekabrdagi 436/1-son ma’lumotnomasi) Natijada, sanoat oqava suvlarini texnik suv sifatida tizimga qaytarish imkoniyatini beradi.