Chorshanbiev Umar Ravshan o‘g‘lining
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
E’LON

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransportini polimer kompozisiyalar bilan modifikatsiyalash asosida takomillashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”, 02.00.07 – “Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4536
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibadullaev Ahmadjon, texnika fanlari doktori, professor; Babaev Askar Ruzibadalovich, (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – texnika fanlari doktori, professor, Adilov Ravshan Irkinovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransportini kompozision organik birikmalar bilan modifikatsiyalash asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy xomashyolar asosida dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransport jarayonida gidroaralashma qovushqoqligini, oqim harakatini, reologik xossalarini yaxshilovchi va gidrotransport tizimlarining edirilishini kamaytiruvchi organik birikmalar asosidagi modifikatorlar olish ingredientlari miqdori va texnologik jarayoni yaratilgan;
yaratilgan kompozision modifikatorlarning fizik-kimyoviy, texnologik va reologik xossalariga ingredientlarning miqdori va strukturasini ta’siri aniqlangan;
  modifikatsiyalangan dispers sistemali gidroaralashmalar gidravlik parametrlarini hisoblash usuli zarrachalar harakati oshishi hisobiga oqim harakati rejimining o‘zgarishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
dispers sistemali gidroaralashmani modifikatsiyalash natijasida uning qovushqoqligi 9,84%, gidrotransport bosimi 5,7%, cho‘kuvchanlik 22,6% kamayishi, harakatlanish tezligi va unumdorligi 40% oshishi, jihozlar edirilishi 30%, energiya sarfi 31,86%  kamayishi ko‘rsatilgan;
mahalliy ikkilamchi xomashyolardan organik birikmalar asosidagi modifikatorlar olish, dispers sistemali gidroaralashmalarni modifikatsiyalash va uzatish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dispers sistemalarning naporli quvurlardagi gidrotransportini polimer kompozisiyalar bilan modifikatsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida organik birikmali kompozision modifikator olish tarkibi va texnologiyasi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 29-martdagi 03-24/59-00086-son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarning dispers sistemalar ta’sirida edirilishi kamaytirilib foydalanish muddatini 30% gacha oshirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan organik birikmali kompozision modifikatorlar bilan naporli quvurlarda dispers sistemalarning modifikatsiyalash texnologiyasi Olmaliq KMK 2-mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2024 yil 29-martdagi 03-24/59-00086-son ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarda dispers sistemalarning qovushqoqligi kamaytirilib bosim yo‘qotilishi va energiya sarfini kamaytirish, oqim samaradorligini va nasos qurilmalarining foydali quvvati va foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish