Primkulov Begali Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Guliob fosforiti, paxta tozalash zavodi va sanoat oqova suv chiqindisi asosida organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4588.
Ilmiy rahbarlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Mamataliev Abdurasul Abdumalikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Ahat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduqadirov Shavkat Abduhomidovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: guliob fosforiti, paxta tozalash zavodi va sanoat oqova suv chiqindilari asosida samarali organik mineral o‘g‘itlar olishning ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PTZCh ni GF asosida ekologik xavfsiz usul bo‘lgan kompostlash orqali OMO‘ olish jarayonlarining maqbul sharoitlari aniqlangan;
SOSCh tarkibidagi gumin kislotasi bilan GF ta’sirlashuvi natijasida fosforni o‘zlashuvchan shaklining ortishi, GF hisobiga esa azot va organik moddalarni atrof muhitga ajralib chiqishining kamayishi hamda organik moddalarning esa gumifikatsiyalanish darajasini ortib borishi asoslangan;
H2SO4 bilan nordonlashtirilgan SOSCh ga GF ni qo‘shish asosida tezkor OMO‘ olishning maqbul parametrlari aniqlangan;
PTZCh va SOSCh ni qayta ishlashda tabiiy resurs bo‘lgan past navli GF dan foydalanish samaradorligi baholanib, agrokimyoviy samarali va ekologik xavfsiz organomineral o‘g‘itlar olishning maqbul rejimlari aniqlangan hamda o‘g‘it olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy resurs bo‘lgan Guliob past navli fosforiti, paxta tozalash zavodi va sanoat oqova suv chiqindilari asosida turli organik mineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
H2SO4 ishtirokida nordonlashtirilgan PTZCh ni GF bilan qayta ishlash asosida intensiv usulda OMO‘ olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 27 martdagi 41-son ma’lumotnomasi). Natijada, PTZCh ni GF bilan ekologik xavfsiz qayta ishlab agrokimyoviy samarali bo‘lgan OMO‘ olish imkonini beradi;
pH qiymati 2-4 oralig‘ida bo‘lgan SOSCh va GF asosida GFO‘ olishning jadal va ekologik xavfsiz texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2024 yil 27 martdagi 41-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi turdagi agrokimyoviy samaradorligi yuqori bo‘lgan OMO‘ olingan va mahsulot assortimentini yana kengaytirish imkonini yaratadi.