Kurbanova Mehriniso Nematjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): uchun “Konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish  (Navoiy KMK misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt1873.
Ilmiy rahbar:Yuldasheva Saodat Arislanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc15/31.12.2020.I.09.04.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Javlon Sultanovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Yusupxodjaeva Gulchexra Baxodirxodjaevna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion loyihalarni baholash usuli” tushunchasining iqtisodiy mazmuni innovatsion yaratuvchanlikni, moliyaviy, iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlarni loyihaviy qiymatini belgilash, innovatsion va iqtisodiy mutanosiblikni kombinatsion ko‘rsatkichlarini innovatsion loyihalarni tahlil qilinadigan indikatsion shartlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
“Navoiy KMK” AJning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning raqamli transformatsion strategiyasi korxonadagi mavjud dastgoh va uskunalarni infratuzilmaviy raqamlashtirish muhitiga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“Navoiy KMK” korxonasining innovatsion faoliyati “ABB samarasi” asosida yashil iqtisodiy tizim ssenariysi orqali ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning “call point” mexanizmiga asoslangan loyiha boshqaruv ofisini raqamlashtirishning blok sxemasi asosida takomillashtirilgan;  
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida  innovatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ssenariy, blok sxema va strategiyasi asosida 2028 yilga qadar korxonaning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konchilik sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion loyihalarni baholash usuli” tushunchasining iqtisodiy mazmunini innovatsion yaratuvchanlikni, moliyaviy, iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlarni loyihaviy qiymatini belgilash, innovatsion va iqtisodiy mutanosiblikni kombinatsion ko‘rsatkichlarini innovatsion loyihalarni tahlil qilinadigan indikatsion shartlari bo‘yicha takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsiyalar va investisiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2023 yil 26 oktyabrdagi 265-U-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda innovatsion yaratuvchanlikni, moliyaviy, iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlarni loyihaviy qiymatini belgilash, innovatsion va iqtisodiy mutanosiblikni kombinatsion ko‘rsatkichlarini innovatsion loyihalarni tahlil qilinadigan indikatsion shartlari bo‘yicha takomillashtirilgan innovatsion loyihalarni baholash usulining iqtisodiy mazmuniga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
innovatsion yaratuvchanlikni, moliyaviy, iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlarni loyihaviy qiymatini belgilash, innovatsion va iqtisodiy mutanosiblikni kombinatsion ko‘rsatkichlarini innovatsion loyihalarni tahlil qilinadigan indikatsion shartlari bo‘yicha muallif yondashuviga ko‘ra baholash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 2 fevral 133/2-pp-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (2024 yil 1 fevraldagi 23/01-01-07/46-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion loyihalarni baholash operativligi 14%ga oshib, korxonada 2 ta innovatsion loyiha tadbiq etish imkonini bergan;
“Navoiy KMK” AJning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning raqamli transformatsion strategiyasi korxonadagi mavjud dastgoh va uskunalarni infratuzilmaviy raqamlashtirish muhitiga transformatsiyalash asosida takomillashtirish taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 2 fevral 133/2-pp-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 1 fevraldagi 23/01-01-07/46-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi korxonada 3,1 mln. so‘m hajmidagi qo‘shimcha qiymatni yaratish imkonini bergan;
“Navoiy KMK” korxonasining innovatsion faoliyati “ABB samarasi” asosida yashil iqtisodiy tizim ssenariysi orqali ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning “call point” mexanizmiga asoslangan loyiha boshqaruv ofisini raqamlashtirishning blok sxemasi asosida takomillashtirish taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 2 fevral 133/2-pp-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 1 fevraldagi 23/01-01-07/46-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada tijorat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 114,95 mln.so‘mga, tarmoqlararo hamkorlik hajmini 125,66 mln. so‘mga oshirish imkoni yaratilgan;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida  innovatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ssenariy, blok sxema va strategiyasi asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan korxonaning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari prognozi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 2 fevral 133/2-pp-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 1 fevraldagi 23/01-01-07/46-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada mahsulot tannarxini pasaytirishdan kutilayotgan daromad 274,33 mlrd. so‘mni tashkil etishi, bu esa foyda hajmining 16802,65 mlrd.so‘mga etishiga imkon berishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish