Do‘smuxamedova Adolat Maxmudjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi ochiq burchakli glaukomada endotelial disfunksiya holati va uni korreksiya qilish usullari», 14.00.08-Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib 2433.
Ilmiy rahbar: Tuychibaeva Dilobar Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tatyana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokai tibbiyot markazi (Yaponiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: gemodinamik buzilishlar asosida birlamchi ochiq burchak glaukomasiga uchragan bemorlarni davolashni kompleks yondoshuvini ishlab chiqish va qon tomir endoteliysi reaktivligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optik kogerent tomografiya angiografiya (OKT-A) orqali aniqlangan to‘r parda mikrotsirkulyasiyasining asosiy parametrlarini erta aniqlanishida qon oqimi zichligi pastki gemisferasida, ko‘rish nervi diskida va pastki peripapillyar to‘r parda qon tomirlar zichligining pasayishi BOBGning erta aniqlashda diagnostik markerlar ekanligi isbotlangan;
qon zardobida Villebrand faktori, VEGF va Endotelin-1 tarkibining pasayishi BOBGni erta tashxislash va monitoring kilishning prognostik belgilaridan biri ekanligi isbotlangan;
glaukoma jarayonining rivojlanishini ko‘rsatadigan endotelial disfunksiya biomarkerlarining pasayishi bilan, pastki gemisferasi, ko‘rish nervi diski, pastki peripapillyar qon oqimi zichligi va markaziy to‘r parda arteriyasi va orqa kalta siliar arteriyalar qarshilik ko‘rsatkichlari (RI va PI) pasayishi orasida o‘zaro korrelyasion bog‘lanish aniqlangan;
BOBG bo‘lgan bemorlarni kompleks terapiyasiga angio- va neyroprotektorlarni kiritish orqali taklif etilgan usulda davolashda to‘r parda mikrotsirkulyasiyasi buzilishlarini va qon tomir endotelial disfunksiyasining reaktivligini me’yorlashuviga va kasallikning rivojlanishini sekinlashishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohligi ilmiy-amaliy markazi Samarqand filliali, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi oftal`mologiya bo‘limi faoliyatiga joriy etildi (Toshkent davlat stomatologiya institutining 27.03.23 № 04-r/15dagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining xulosasi Toshkent davlash stomatologiya institutining 10.05.23 № 04-z/12dagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining xulosasi).
birinchi ilmiy yangilik: optik kogerent tomografiya angiografiya (OKT-A) orqali aniqlangan to‘r parda mikrotsirkulyasiyasining asosiy parametrlarini erta aniqlanishida qon oqimi zichligi pastki gemisferasida, ko‘rish nervi diskida va pastki peripapillyar to‘r parda qon tomirlar zichligining pasayishi BOBGning erta aniqlashda diagnostik markerlar ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: optik kogerent tomografiyaning angiografiya (OKT-A) funksiyasi bilan olingan ma’lumotlari BOBG ning dastlabki bosqichida to‘r pardaning KND va peripapillyar sohasining pastki qismi patologik jarayonga erta jalb qilinganligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, KND va peripapillyar sohada qon oqimi va qon tomirlari zichligining pasayishi optik kogerent tomografiyaning (OKT) va kompyuter perimetriyasi (KP) usullari bilan belgilanadigan funksional va strukturaviy yo‘qotishlardan oldin aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar OKT angiografiya funksiyasi bilan qo‘llash BOBG ni erta tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filialiga 06.04.2023 yildagi 32-son buyruq bilan va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining oftalmologiya bo‘limida joriy etilgan. 06.04.2023 yildagi 47-son buyruq (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining xulosasi 10.05.23 № 04-z/12). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBGni erta aniqlashda diagnostik ahamiyatga ega mikrosirkulyasiya parametrlaridan foydalanish: qon oqimi zichligining pastki gemisferasiga pasayishi, KND va peripapillyar to‘r pardada qon tomirlari zichligi pasayishi erta tashxis qo‘yish sifatini oshirishga imkon berdi, bu esa glaukoma jarayonining rivojlanishining oldini olishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBG bilan kasallangan bemorlarda to‘r parda mikrosirkulyasiyaning asosiy parametrlarini o‘rganish kasallikni erta aniqlashga, glaukoma jarayonining rivojlanishining oldini olishga va BOBG bemorlarda nogironlikni kamaytirishga yordam berdi. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 1737000 so‘mgacha (2337000 (jarrohlik davolash) - 600000 (erta tashxis) 1737000 so‘mgacha kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: BOBG bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Sovershenstvovanie ranney diagnostiki pervichnoy otkritougol`noy glaukomi s uchyotom mikrotsirkulyatornix i gemodinamicheskix narusheniy" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 27.03.23 yildagi 04-r/15-sonli xulosasi). Ushbu tavsiyanoma dastlabki bosqichlarda kasallikni aniqlash va nogironlikni kamaytirish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qon zardobida Villebrand faktori, VEGF va Endotelin-1 tarkibining pasayishi BOBGni erta tashxislash va monitoring kilishning prognostik belgilaridan biri ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarining olingan natijalari endotelial disfunksiyaning turli bo‘g‘inlarida ishtirok etadigan BOBG bemorlarida qon tomir endotelial funksional buzilish belgilarining o‘zgarishining turli yo‘nalishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, BOBG ning turli bosqichlari bo‘lgan bemorlarda qon tomir endoteliyasining funksional holatining buzilishi vazokonstriksiya mexanizmlarini faollashtirish va vazodilatatsiyaning zaiflashishi tufayli qon tomir tonusini tartibga solishning nomutanosibligi bilan tavsiflanadi. Villebrand omili, VEGF va Endotelin-1 ning past darajasi patogenetik omillarning endotelial disfunksiyaning shakllanishidagi rolini va endotelial disfunksiya belgilarini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filialiga 06.04.2023 yildagi 32-son buyruq bilan va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining oftalmologiya bo‘limida joriy etilgan. 06.04.2023 yildagi 47-son buyruq (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining xulosasi 10.05.23 № 04-z/12). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBG bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarini: Endotelin-1, Villebrand omili va VEGF o‘rganish, ushbu patologiyaning patogenezida endotelial disfunksiyaning turli bo‘g‘inlarida ishtirok etadigan qon tomir endoteliysining funksional buzilish belgilarining o‘zgarishi turli yo‘nalishlarda ekanligini ko‘rsatdi. Bu patogenetik jihatdan asoslangan erta tashxislash sifatini oshirishga va BOBG bemorlarda endotelial disfunksiyaning aniqlangan buzilishlarini tuzatishga qaratilgan kompleks terapiyani ishlab chiqishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BOBG bilan kasallangan bemorlarda qon tomir endotelial disfunksiyaning asosiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish kasallikning erta aniqlanishiga, patogenetik jihatdan asoslangan kompleks terapiyaning rivojlanishiga yordam berdi, bu esa o‘z navbatida BOBG bemorlarda nogironlikning pasayishiga yordam berdi. Profilaktik kompleks terapiyaning iqtisodiy samaradorligi 6 oylik kuzatuv dinamikasida har bir bemor uchun xarajatlarni 1737000 so‘mgacha kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: BOBG bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Rol` endotelial`noy disfunksii sosudov u patsientov s pervichnoy otkritougol`noy glaukomoy i metodi eyo korreksii" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 27.03.23 yildagi 04-r/14-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma BOBG bilan kasallangan bemorlarda ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: glaukoma jarayonining rivojlanishini ko‘rsatadigan endotelial disfunksiya biomarkerlarining pasayishi bilan, pastki gemisferasi, ko‘rish nervi diski, pastki peripapillyar qon oqimi zichligi va markaziy to‘r parda arteriyasi va orqa kalta siliar arteriyalar qarshilik ko‘rsatkichlari (RI va PI) pasayishi orasida o‘zaro korrelyasion bog‘lanish aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: noparametrik dispersion tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, endotelial disfunksiyaning biomarkerlari OKT-A ko‘rsatkichlari, ya’ni Inferior hemi, Inside disc, Inferior peripapillary bilan teskari proporsional korrelyasion munosabatlarga ega; ko‘zning ultratovush doplerografiyasi (KUTD) ko‘rsatkichlari bilan: - TPMA va OQSA qarshilik indeksi to‘g‘ri, pulsatsiya indeksi esa Villebrand faktori va Endotelin-1 teskari proporsional korrelyasiya va VEGF bilan ijobiy. Ishemik koeffisienti (IK) VEGF bilan to‘g‘ri proporsional va Endothelin-1 bilan teskari proporsional bo‘lib, BOBGli bemorlarni sog‘lom shaxslardan farqlashda strukturaviy jihatdan ustun turadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filialiga 06.04.2023 yildagi 32-son buyruq bilan va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining oftalmologiya bo‘limida joriy etilgan. 06.04.2023 yildagi 47-son buyruq (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining xulosasi 10.05.23 № 04-z/12). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tkazilgan tadqiqotlar, OKT-A ko‘rsatkichlarining ko‘zning mahalliy qon oqimi parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligi, qon tomir endoteliyasining disfunksional buzilishlari BOBGning turli bosqichlarida bemorlarda qon tomir endoteliyasining aniqlangan buzilishlarini tuzatish bilan erta tashxis qo‘yish va kompleks terapiya taktikasini ishlab chiqishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan korrelyasion aloqalar asosida BOBGning turli bosqichlarida bemorlarda aniqlangan qon tomir endotelial kasalliklarini tuzatish bilan erta tashxis qo‘yish va kompleks terapiya taktikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ushbu patologiyaga ega bemorlarni kasalxonaga yotqizish darajasini 1,5 baravar kamaytirdi. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun 2250000 so‘m (2 850000 (statsionar davolash) – 600000 (profilaktik davolash) = 2250000 so‘m) xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:  BOBG bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Sovershenstvovanie ranney diagnostiki pervichnoy otkritougol`noy glaukomi s uchyotom mikrotsirkulyatornix i gemodinamicheskix narusheniy" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 27.03.23 yildagi 04-r/15-sonli xulosasi). BOBG bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Rol` endotelial`noy disfunksii sosudov u patsientov s pervichnoy otkritougol`noy glaukomoy i metodi eyo korreksii" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 27.03.23 yildagi 04-r/14-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar BOBG bilan kasallangan bemorlarda ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: BOBG bo‘lgan bemorlarni kompleks terapiyasiga angio- va neyroprotektorlarni kiritish orqali taklif etilgan usulda davolashda to‘r parda mikrotsirkulyasiyasi buzilishlarini va qon tomir endotelial disfunksiyasining reaktivligini me’yorlashuviga va kasallikning rivojlanishini sekinlashishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: BOBGli bemorlarda to‘r parda mikrosirkulyasiya va endotelial disfunksiyaning aniqlangan buzilishlarini tuzatish uchun kompleks terapiya ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filialiga 06.04.2023 yildagi 32-son buyruq bilan va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining oftalmologiya bo‘limida joriy etilgan. 06.04.2023 yildagi 47-son buyruq (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining xulosasi 10.05.23 № 04-z/12). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘r parda mikrosirkulyasiyaning aniqlangan buzilishlarini va qon tomir endotelial disfunksiyasining reaktivligini hisobga olgan holda BOBG bilan kasallangan bemorlarni davolashda kompleks yondashuv usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilinganligidan iborat. Taklif etilayotgan kompleks terapiya an’anaviy terapiyaga qaraganda samaraliroq bo‘lib, tibbiy reabilitatsiya muddatlari qisqaroq va davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uch yil davomida ishlab chiqilgan kompleks terapiyadan foydalanish 2 - asosiy guruhda 27,4%, nazorat guruhida esa 14,6% yaxshilanishga imkon berdi. Jarayonni barqarorlashtirish asosiy guruhdagi bemorlarning 55,1 % va nazorat guruhidagi atigi 38,7 % qayd etilgan. Nazorat guruhidagi buzilish 2-asosiy guruhga qaraganda 2,7 baravar ko‘p edi. Bundan tashqari, ushbu kompleks davolanishdan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizish darajasini 1,5 baravar kamaytirdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: BOBG bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Rol` endotelial`noy disfunksii sosudov u patsientov s pervichnoy otkritougol`noy glaukomoy i metodi eyo korreksii" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 27.03.23 yildagi 04-r/14-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar BOBG bilan kasallangan bemorlarda kasallikning rivojlanishini kompleks davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga va ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish