Xolmuratov Oybek Yarkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Paxtani tozalash mashinalari qoziqli barabanini takomillashtirish asosida mayda iflosliklarni tozalash samaradorligini oshirish”, 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3496
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: R.K.Djamalov, texnika fanlari doktori, professor hamda X.N.Pardaev texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalashda qoziqchali barabanning qoziqchalari uchlarini yoysimon shakilga keltirib hamda rezinali plankalarni takomillashtirilgan konstruksiyaning tozalash texnologiyasi va konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani mayda iflosliqlardan tozalash mashinasining qoziqli baraban qoziqchalari uchlari yoysimon shaklga keltirish va rezinali plankalar o‘rnatish orqali takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining yoysimon uchli qoziqchalar uchlarining radiuslari va rezinali plankalarning to‘rli yuza orasidagi asosiy parametr ko‘rsatkichlarining muqobil o‘lchamlari unda vaqt qoziqchali barabanda paxta bo‘lakchasini uzatishdagi harakat tenglamasi chegaraviy shartlarga asosan aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklarni ajralishini jadallashtirishda barabandagi har bir yoysimon uchli qoziqchalari burchak tezliklarining turli xil qiymatlarida tola tozalash samaradorligini va chigitning shikastlanish darajasiga bog‘liqligi ularga ta’sir etuvchi kuchlarni inobatga olgan holda aniqlangan.
paxtadagi chigitning shikastlanishi va paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning tozalash samaradorligiga ta’siri imkoniyatlari chegaralari ishlab chiqilgan regressiya tenglamalari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxtani mayda iflosliklardan tozalagichining qoziqchali-plankali barabani qoziqchalari uchlarini yoysimon shaklga keltirish va plankalarni uzaytirib takomillashtirilgan konstruksiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida.
Taklif etilgan oqimli texnologik mashinaning mayda ifloslikdan tozalash bo‘limining takomillashtirilgan konstruksiyasi bo‘yicha olingan natajalar Jizzax viloyati, PAXTAKOR TEKS” MChJ QK “Zarbdor paxta tozalash” tarkibidagi paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“Paxta-to‘qimachilik klasterlar” uyushmasining 2023 yil 03/22-853 sonli ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tajriba natijasida taklif qilingan 1XK tozalagichining korpusiga takomillashtirilgan yoysimon uchli qoziqli barabanlar o‘rnatilganligi hisobiga paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida umumiy tozalash samaradorligi 45,6%ni va mayla ifloslik bo‘yicha 57,2%ni tashkil etganligi va amaldagi 1XK tozalagichda paxtani xomashyosining umumi tozalash samaradorligi 40,4%ni, mayda ifloslik bo‘yicha esa 47,7% ni tashkil etilganligi aniqlangan.
Ishlab chiqarilgan yoysimon uchli qoziqli barabanli 1XK tozalagichining amaldagi 1XK tozalagichiga nisbatan mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi oshganligi hisobiga amaldagi 1XK uskunasiga nisbatan takomillashtirilgan qoziqli barabanlar o‘rnatilgan 1XK tarkibli UXK uskunasining mayda iylosliklardan tozalash samaradorligi 94,4% ni tashkil etib uning ko‘rsatkichi amaldagi 1XK tarkibli UXK uskunasining ko‘rsatkichidan 4,9% yuqori ekanligi aniqlandi.