Xolmirzaev Abdulhamid Xapizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Iqt1531.
Ilmiy rahbar:  Israilov Rustambek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Matkarimov Kamoliddin Jo‘rabaevich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor; Aripov Oybek Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini  rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kambag‘allik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni insonning moddiy, moliyaviy, ma’naviy jihatdan eng quyi talab-ehtiyojlarini qondirish imkonini bermaydigan, daromadning etishmasligi hamda jur’atsizlik, kuchsizlik va yuqori iqtisodiy ishonchsizlikni keltirib chiqaruvchi, jamiyat a’zolarining oddiy munosabatlar, hayotiy an’analar, iqtisodiy faoliyatdan chetlatilgan holatda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududdagi tadbirkorlikni tartibga soluvchi idoralar tomonidan kichik biznes korxonalariga xodimlarni kam ta’minlangan oila vakillari tarkibidan ishga qabul qilingan hollarda tadbirkorlik sub’ektini mahalliy ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari bilan ta’minlash orqali qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
hududdagi yuqori samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining kambag‘al toifasiga kiritilgan aholi ixtiyoridagi mavjud iqtisodiy resurslardan tadbirkorlik yo‘nalishida foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shakllarining tajriba-namunalarini yaratish taklifi asoslangan;  
Namangan viloyatida kichik biznesni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida kichik biznes sub’ektlarida ishlovchilar soni va mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan tushumning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kambag‘allik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini insonning moddiy, moliyaviy, ma’naviy jihatdan eng quyi talab-ehtiyojlarini qondirish imkonini bermaydigan, daromadning etishmasligi hamda jur’atsizlik, kuchsizlik va yuqori iqtisodiy ishonchsizlikni keltirib chiqaruvchi, jamiyat a’zolarining oddiy munosabatlar, hayotiy an’analar, iqtisodiy faoliyatdan chetlatilgan holatda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Kichik biznesda soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda jamiyat a’zolarining oddiy munosabatlar, hayotiy an’analar, iqtisodiy faoliyatdan chetlatilgan holatda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kambag‘allik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududdagi tadbirkorlikni tartibga soluvchi idoralar tomonidan kichik biznes korxonalariga xodimlarni kam ta’minlangan oila vakillari tarkibidan ishga qabul qilingan hollarda tadbirkorlik sub’ektini mahalliy ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari bilan ta’minlash orqali qo‘llab-quvvatlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 24 iyundagi 9/04-25-10530-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatidagi ishsiz fuqorolarning bandligini ta’minlashga va ularning kambag‘allikka tushib qolishini oldini olishga xizmat qilgan va viloyatda kichik biznesni rivojlantirish orqali kambag‘allik darajasini 0,3 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
hududdagi yuqori samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining kambag‘al toifasiga kiritilgan aholi ixtiyoridagi mavjud iqtisodiy resurslardan tadbirkorlik yo‘nalishida foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shakllarining tajriba-namunalarini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 24 iyundagi 9/04-25-10530-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatidagi kambag‘al toifasiga kiritilgan aholi ixtiyoridagi mavjud iqtisodiy resurslardan tadbirkorlik yo‘nalishida foydalanish asosida kambag‘allik darajasiga tushgan ayollar va yoshlarni, aholining ma’lum qatlamlarini kambag‘allikdan chiqarish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga asos yaratilgan;
Namangan viloyatida kichik biznesni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida kichik biznes sub’ektlarida ishlovchilar soni va mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan tushumning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 24 iyundagi 9/04-25-10530-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatidagi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning istiqboldagi asosiy parametrlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish