Zufarov Aziz Alimdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nafas tizimi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida yurak ritmi spektral tavsifi bo‘yicha differensial tashxisotining tizimli tahlili», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib7.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Anvar Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Prodeus Andrey Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Inobat Muxamedjanova, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bolalardayuqori nafas yo‘llari o‘tkir yallig‘lanishi klinikasida qiyosiy-tashxislovchi tadbirlarni optimallashtirish maqsadida yurak ritmi spektral tahlilini qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nafas olish a’zolari o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarining turli shakllari va yurak funksional holati o‘zgarishlarining bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir respirator sindromi jarayonida nafas olish a’zolari yallig‘lanish o‘chog‘i va yurak ritmi spektral ko‘rsatkichlarining o‘zaro propotsional korrelyasiyasi asoslangan;
bolalar nafas olish a’zolari o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida immunitet yallig‘lanish markerlari o‘zgarishining kasallik bosqichlariga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor nafas olish tizimi o‘tkir respirator kasalliklari og‘irlik darajasining S-reaktiv oqsil va prokal`sitonin ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan;
bolalar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun R-R intervali asosida yurak ritmi spektral ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini baholashning NBICS texnologiyalariga mos ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda nafas tizimi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida yurak ritmi spektral tavsifi bo‘yicha differensial tashxisoti tizimli tahlilining yangi uslulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda nafas tizimi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining prognozlash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 apreldagi 8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nafas olish tizimi remissiya muddatini qisqartirish, kasalxonaga yotuvchi bemorlar sonini kamaytirish, bolalar salomatligini yaxshilash imkonini bergan;
«Bolalar nafas tizimi o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarini qiyosiy solishtirma tashxislash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 apreldagi 8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nafas a’zolari o‘tkir yallig‘lanishi mavjudligini erta tashxislash va ularni og‘ir klinik shakllarga o‘tishini aniqlash hamda differensiallangan davolashga xizmat qilgan;
bolalarda nafas a’zolari o‘tkir yallig‘lanishi yurak ritmi spektral xususiyatlari bo‘yicha qiyosiy tashxisotining tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, 1-shahar bolalar klinik shifoxonasi va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 apreldagi 8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda yurak ritmi vareabilligining nafas a’zolari o‘tkir yallig‘lanish kasalliklariga bog‘liqligini aniqlash va tashxislash yangi uslublarni qo‘llash orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, kasallik bilan og‘rigan bolalarni statsionarda davolanish kunlarini 2–3 kunga kamaytirish imkonini bergan.