Sultonov Beknazar Abduhalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish masalalari”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona” faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2383
Ilmiy rahbar: Sharipov Tulqin Saidahmedovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyokubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarsh muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“gastronomik turizm” tushunchasi iqtisodiyotda globallashuv jarayoni chuqurlashib borishi va raqobat muhitining keskinlashuviga ko‘ra turist-larga ovqatlanish xizmatini ko‘rastishda innovasion texnologiyalarning tobora jadal qo‘llanilishi sharoitida xizmat ko‘rsatishdan iste’molchining estetik zavq olishini e’tiborga oligan holda takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistlar xulq-atvorining “logit modeli”ga ko‘ra milliy bozor imkoniyalari, gastronomik turizm tendensiyalari va turistlar byudjetida taomlanish xarajatlari oshib borishi sharoitida gastronomik turizmni, jumladan hududlar xususiyatlariga ko‘ra maxsus taom festivalini tashkil etish, hududlar milliy taomlariga ixtisoslashgan restoranlar tizmini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqli asoslangan;
gastronomik turizmni rivojlantirish strategik yo‘nalishlari mazkur turizmda davlat-xususiy va tarmoqlararo hamkorlik mexanizmlariga ustuvorlik berish hamda turizmni oziq-ovqat bilan bog‘liq moddiy va nomoddiy merosni (idishlar, urf-odatlar va bosh.) e’tiborga olgan holda amalga oshirishga ko‘ra aniqlashtirilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistik subektlar soni o‘zgarishining 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“gastronomik turizm” tushunchasi iqtisodiyotda globallashuv jarayoni chuqurlashib borishi va raqobat muhitining keskinlashuviga ko‘ra turistlarga ovqatlanish xizmatini ko‘rastishda innovasion texnologiyalar-ning tobora jadal qo‘llanilishi sharoitida xizmat ko‘rsatishan iste’molchining estetik zavq olishini e’tiborga oligan holda takomillash-tirilishi taklifi oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat marketingi” o‘quv darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘iga asosan 336-827 sonli nashr ruxsatnomasi). Taklifning qo‘llanishi gastronomik turistlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va sohani rivojlantirish  imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistlar xulq-atvori “logit modeli”ga ko‘ra milliy bozor imkoniyalari, gastronomik turizm tendensiyalari va turistlar byudjetida taomlanish xarajatlari oshib borishi sharoitida gastronomik turizmni, jumladan hududlar xususiyatlariga ko‘ra maxsus taom festivalini tashkil etish, hududlar milliy taomlariga ixtisoslashgan restoranlar tizmini shakllantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “2022-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini oshirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 22-iyundagi 06-06/2864-son ma’lumotnomasi; Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Taklif gastronomik turizm talabini baholash va gastronomik turistlar xulq atvoriga xulosalarning asoslanish darajasini oshirishga ko‘ra qarorlar qabul qilish imkoniyatini yanada kengaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
gastronomik turizmni rivojlantirish strategik yo‘nalishlarini mazkur turizmda davlat-xususiy va tarmoqlararo hamkorlik mexanizmlariga  ustuvorlik berish hamda turizmni oziq-ovqat bilan bog‘liq moddiy va nomoddiy merosni (idishlar, urf-odatlar va bosh.) e’tiborga olgan holda amalga oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “2022-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini oshirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 22-iyundagi 06-06/2864-son ma’lumotnomasi; Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi
01-01/36-son ma’lumotnomasi). Taklif viloyatda gastrnomik turizm asosida turistlar oqimini oishirsh hamda viloyatda mazkur sohani rivojlantirishga tegishli bo‘lgan yo‘nalish va xizmat ko‘rsatuvchi subektlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan muvofiqlashtirilgan kompleks chora-tadbirlarni rejalashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistik subektlar soni o‘zgarishining 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “2022-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini oshirish chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2024-yil 22-iyundagi 06-06/2864-son ma’lumotnomasi; Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi
01-01/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gastronomik osubektlar faoliyatini optimal tashkil qilish va turistlar oqimini mazkur omilga ko‘ra to‘g‘ri taqsimlash imkoniyatlarini kengaytirishga va samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish