Ramatullaev Maman Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda sovet hukumatining 1943-1964-yillardagi islom diniga qarshi olib borgan siyosati”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1121
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Karlibaev Makset Abdibaevich – tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Saribaev Maman Ktaybekovich - tarix fanlari doktori, dotsent.
Allamuratov Gulmurat Sultamuratovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sovet hukumatining 1943-1964-yillardagi Qoraqalpog‘istonda islom diniga qarshi olib borgan diniy siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Sovet davlatining fashizmga qarshi kurashda musulmonlar va boshqa din vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga muhtojlik va urushning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyasizliklar hukumatni diniy siyosatni qayta ko‘rib chiqish hamda dinga qarshi targ‘ibotni to‘xtatilishiga, dindorlarning musulmon diniy tashkilotlarini tuzish barobarida Qoraqalpog‘istondagi masjidlarni ochish haqidagi talablarini qondirishga majbur bo‘lganligi asoslangan;
1943-yilda Qoraqalpog‘istonda norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan masjid va namozxonalar sonining ko‘payishiga urush paytida musulmonlar diniy boshqarmasi vakillari tomonidan shaxsiy jamg‘armalaridan front uchun mudofaa jamg‘armasiga pul mablag‘lari, davlat zayom obligatsiyalari, moddiy yordam jo‘natilishi, urushga ketgan askarlar oilasiga yordam ko‘rsatishi kabi omillar imkon berganligi aniqlangan;
diniy faoliyat uchun ruxsat berilishi bilan birga bir vaqtning o‘zida sovet davlati tomonidan urushdan keyingi davrda dinga qarshi ritorikani tashviqot-targ‘ibot ishlari asosida mustahkamlanishi, dindorlarga qarshi ta’qiblarni ruhoniylarning ommaviy axborot vositalarida obro‘sizlantirish orqali bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning bir qismini surgun qilinishiga, boshqa qismini esa respublika tashqarisiga ko‘chib ketishga majbur qilganligi dalillangan;
1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillarni boshlarida Sovet hukumatining islom diniga nisbatan ateistik siyosati endilikda dinga qarshi kurash shakllari va usullarini o‘zgartirgan holatda: “ilmiy ateizm”ning joriy etilishi, ta’qiblar va dindorlarni “qayta tarbiyalash”ga e’tibor qaratib, jamiyat ko‘z o‘ngida ularni yomonotliq qilishga yo‘naltirilganligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ulardan ulamolarga qarshi qatag‘onlar tarixini o‘rganish, sovet davrida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning yaxlit holatini ko‘rsatib beradigan nazariy yondashuvlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki undan Qoraqalpog‘istonning yangi tarixi bo‘yicha yangi tadqiqotlarda, shuningdek, dissertatsiya materiallaridan respublika oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron nashrlar, ma’ruzalar va maxsus kurslarni ishlab chiqishda, tarixiy va madaniy merosni tiklash va saqlash, jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitni saqlash bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: dissertatsiya ishida keltirilgan materiallar, shuningdek, ma’lumotlar, takliflar va xulosalar jamiyatdagi ijtimoiy va axloqiy aloqalarni tiklashga ta’sir qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda monografik nashrlarni tayyorlash va nashr etishda ulardan maqsadli foydalanishga yordam beradi;
amaliy takliflar davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar, fuqarolik jamiyati va demokratik davlatni shakllantirishda samarali hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Sovet hukumatining Qoraqalpog‘istonda islom diniga qarshi siyosatini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar quyidagicha amalga oshirildi:
Sovet davlatining fashizmga qarshi kurashda musulmonlar va boshqa din vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga muhtojlik va urushning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyasizliklar hukumatni diniy siyosatni qayta ko‘rib chiqish hamda dinga qarshi targ‘ibotni to‘xtatilishiga, dindorlarning musulmon diniy tashkilotlarini tuzish barobarida Qoraqalpog‘istondagi masjidlarni ochish haqidagi talablarini qondirishga majbur bo‘lganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpog‘istondagi siyosiy-iqtisodiy va sotsiomadaniy jarayonlarning tarixiy retrospektivasi va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash tendensiyalarini o‘rganish (1946-1991)” loyihasi bo‘yicha materiallar tayyorlash jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 3-avgustdagi № 305/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi sovet hukumatining Qoraqalpog‘istondagi musulmon dini va uning vakillariga nisbatan siyosat yo‘nalishlarini tushuntirib berishga xizmat qilgan.
1943-yilda Qoraqalpog‘istonda norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan masjid va namozxonalar sonining ko‘payishiga urush paytida musulmonlar diniy boshqarmasi vakillari tomonidan shaxsiy jamg‘armalaridan front uchun mudofaa jamg‘armasiga pul mablag‘lari, davlat zayom obligatsiyalari, moddiy yordam jo‘natilishi, urushga ketgan askarlar oilasiga yordam ko‘rsatishi kabi omillar imkon berganligi bo‘yicha natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Tariyximizdi uyrenemiz” teledasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-avgustdagi № 05-22/377-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarga sovet davridagi diniy siyosat va uning oqibatlari bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan.
diniy faoliyat uchun ruxsat berilishi bilan birga bir vaqtning o‘zida sovet davlati tomonidan urushdan keyingi davrda dinga qarshi ritorikani tashviqot-targ‘ibot ishlari asosida mustahkamlanishi, dindorlarga qarshi ta’qiblarni ruhoniylarning ommaviy axborot vositalarida obro‘sizlantirish orqali bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning bir qismini surgun qilinishiga, boshqa qismini esa respublika tashqarisiga ko‘chib ketishga majbur qilganligiga oid tadqiqot natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2023-yil 4-avgustdagi № 01-03/04-324-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarni dindorlarga qarshi ta’qiblarning bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning surgun qilinishiga oid dalillar bilan tanishtirishga imkon bergan.
diniy faoliyat uchun ruxsat berilishi bilan birga bir vaqtning o‘zida sovet davlati tomonidan urushdan keyingi davrda dinga qarshi ritorikani tashviqot-targ‘ibot ishlari asosida mustahkamlanishi, dindorlarga qarshi ta’qiblarni ruhoniylarning ommaviy axborot vositalarida obro‘sizlantirish orqali bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning bir qismini surgun qilinishiga, boshqa qismini esa respublika tashqarisiga ko‘chib ketishga majbur qilganligiga oid tadqiqot natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2023-yil 4-avgustdagi № 01-03/04-324-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlarni ajdodlar xotirasiga ehtirom va ma’anaviy merosni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga imkon bergan.