Patxiddinov Ruxiddin Xusniddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turkistonda xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot (XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragi, Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar482.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarabaevna, tarix fanlari doktori, professor, Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati misolida Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovet hokimiyatining dastlabki yillarida mahalliy aholiga tibbiy xizmat asosan tabiblar tomonidan ko‘rsatilganligi hamda diniy-mistik qadamjolar va tabiiy shifo maskanlarining xalq tabobatida muhim o‘rin tutganligi aniqlangan;
Rossiya imperiyasi amaldorlari tibbiyotdan siyosiy maqsadlarda foydalanganligi, Turkiston o‘lkasiga zamonaviy tibbiyotning kirib kelishi va shahar-qishloqlarda rus tibbiyot muassasalarining tashkil etilishidan mahalliy aholini ishonchini qozonish va mustamlakachilarga yaqinlashtirish maqsadlari ko‘zlanganligi, zamonaviy tibbiyotning asosan rus amaldorlari, armiyasi va aholisiga xizmat qilgani asoslangan;
rus shifokorlarining mahalliy aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar va o‘lka tabiatini ilmiy o‘rganishi hamda yuqumli kasalliklarga, xususan bezgakka qarshi kurash olib borishdan birinchi navbatda iqtisodiy va siyosiy maqsadlarni ko‘zlanganligi dalillangan;
sovet hokimiyatining Turkiston o‘lkasida olib borgan siyosati sog‘liqni saqlash inqiroziga olib kelganligi, tibbiyot tizimida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi o‘zgarmaganligi, ocharchilik, vabo, terlama, bezgak epidemiyalari aholi sonining qisqarib ketishiga sabab bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqod natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi davomida olingan natija, amaliy taklif va tavsiyalardan:
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovet hokimiyatining dastlabki yillarida mahalliy aholiga tibbiy xizmat asosan tabiblar tomonidan ko‘rsatilganligi hamda diniy-mistik qadamjolar va tabiiy shifo maskanlarining xalq tabobatida muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 27-aprelda efirga uzatilgan Taqdimot ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 28-apreldagi 02-31-651-son maʼlumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarda mahalliy aholi tomonidan xalq tabobatidan foydalanishga doir yangi ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lishini taʼminlagan.
Rossiya imperiyasi amaldorlari tibbiyotdan siyosiy maqsadlarda foydalanganligi, Turkiston o‘lkasiga zamonaviy tibbiyotning kirib kelishi va shahar-qishloqlarda rus tibbiyot muassasalarining tashkil etilishidan mahalliy aholini ishonchini qozonish va mustamlakachilarga yaqinlashtirish maqsadlari ko‘zlanganligi, zamonaviy tibbiyotning asosan rus amaldorlari, armiyasi va aholisiga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 27-aprelda efirga uzatilgan Taqdimot ko‘rsatuvida taqdim etildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 28-apreldagi 02-31-651-son maʼlumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarda O‘zbekistonga zamonaviy tibbiyotning kirib kelishiga doir yangi ilmiy maʼlumotlarga ega bo‘lishini taʼminlagan.
Rus shifokorlarining mahalliy aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar va o‘lka tabiatini ilmiy o‘rganishi hamda yuqumli kasalliklarga, xususan bezgakka qarshi kurash olib borishdan birinchi navbatda iqtisodiy va siyosiy maqsadlarni ko‘zlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarixiy fotosuratlar, arxiv va davriy matbuot materiallari yordamida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida Farg‘ona vodiysi tibbiyot tarixiga bag‘ishlangan yangi ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 23-iyundagi 04-06/2158-sonli xati). Ko‘rgazmada foydalanilgan arxiv maʼlumotlari, davriy matbuot materiallari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondini adabiyotlari va tarixiy hujjatlarini boyitishga xizmat qildi.
Sovet hokimiyatining Turkiston o‘lkasida olib borgan siyosati sog‘liqni saqlash inqiroziga olib kelganligi, tibbiyot tizimida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi o‘zgarmaganligi, ocharchilik, vabo, terlama, bezgak epidemiyalari aholi sonining qisqarib ketishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi huzuridagi tibbiyot muzeyda ko‘rgazma tashkil etishda foydalanigan. (Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 26-iyundagi 05-10192-sonli xati). Ko‘rgazmada foydalanilgan arxiv maʼlumotlari, davriy matbuot materiallari muzey fondini adabiyotlar va tarixiy hujjatlarini boyitishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish