Jumaniyazova Shaxnoza Ishonkulievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi suv  havzalarining monitoringi va hozirgi ekologik  holatini baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B614.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Atanazarov Kuralbay Maulenovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi suv   havzalarining monitoringi  va hozirgi ekologik  holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi suv havzalarining limnologik xususiyatlar asosida  hozirgi ekologik holati monitoring qilingan;
Xorazm viloyatida biogen elementlarning tarkibini aniqlash, ularning trofik holatini baholash suv ekotizimlarida uning sifatini aniqlash mexanizmlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi suv havzalarining Imitatsion matematik modeli yordamida trofik holati o‘rnatildi va suv havzalarining ekologik holatini baholash (Goukko‘li misolida) antropogen ta’siri asosida qonuniyatlari aniqlangan;
Xorazm viloyatidagi  suv resurslarini muhofaza qilishning amaliy ekologik muammolarini hal qilish uchun antropogen ta’sirni tartibga solish ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatidagi suv ob’ektlarining hozirgi ekologik holatini aniqlash, monitoring qilish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv havzalarini monitoring qilish va ularning ekologik holatini baholash, evtrofikatsiya va antropogen ifloslanish jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 25 fevraldagi 02/18-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol bo‘yi mintaqasidagi suv havzalarini saqlash va tiklash, ekologik holatini baholashni ishlab chiqish maqsadida suv havzalarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga imkonini bergan;
suv havzalarining ifloslanish darajasini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari №PZ-20170918132 "Amudaryo daryosi deltasi zonasining baliq ovlash havzalarida baliq populyasiyasining rivojlanishiga yuqori suv o‘simliklarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar va ilmiy asoslarni ishlab chiqish" amaliy loyihasini amalga oshirishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2021 yil 24 noyabrdagi 17.01/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm vohasining ekologik sharoitida suv havzalarining ifloslanishini baholashda ekologik yondashuvlar yordamida suv havzalarining trofik holati va ifloslanish darajasini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish