Abduraxmanova Ziyoda Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Mehmonxona biznesini moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2951
Ilmiy rahbar: Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sherzod Umurzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Musoxonzoda Ikromjon Sobirxon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mamlakatimizda mehmonxona biznesini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish dissertatsiya ishining maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehmonxonalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ushbu biznes faoliyatini kengaytirish maqsadlari uchun banklar tomonidan naqd pul ko‘rinishidagi kredit turlarini joriy etish asoslangan;
mamlakatimizda mehmonxona sohasini rivojlantirish hamda moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari (hostel, motel, dam olish uyi, turistik baza va boshqalar) faoliyatini soddalashtirilgan tartibda moliyalashtirish asoslangan;
mehmonxona sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 yil muddatga 300 mln. so‘mgacha hajmda moliyalashtirish imkonini beruvchi hamda vakolati doirasida biznes maqsadlarini qamrab oluvchi ochiq kredit liniyasini taqdim etish taklif etilgan;
yuqori pul oqimlari shakllanadigan hududlarda mehmonxonalar sonini oshirishda ularning iqtisodiy-ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanishi darajasidan kelib chiqib mehmonxona loyihalarini moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehmonxona biznesini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mehmonxonalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ushbu biznes faoliyatini kengaytirish maqsadlari uchun banklar tomonidan naqd pul ko‘rinishidagi kredit turlarini joriy etishga doir taklifi Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi asosida Agrobank ATB faoliyatiga joriy etilgan (Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agrobank ATBda asosiy vositalarni sotib olish hamda biznesni kengaytirish maqsadlari uchun kamida olti oyimtiyozli davrni hisobga olgan holda to‘liq naqd pul ko‘rinishida kredit mahsulotlarini ajratish amaliyoti joriy etilgan;
mamlakatimizda mehmonxona sohasini rivojlantirish hamda moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari (hostel, motel, dam olish uyi, turistik baza va boshqalar) faoliyatini soddalashtirilgan tartibda moliyalashtirishga doir taklifi Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi asosida Agrobank ATB faoliyatiga joriy etilgan (Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari (hostel, motel, dam olish uyi, turistik baza va boshqalar) faoliyatini biznes reja talab etmasdan kreditlash asodida ular faoiliyaning kengayishiga, daromad hajmi va mijozlar oqimining oshishiga hamda mehmonxonalar moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishga erishiladi;
mehmonxona sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 yil muddatga 300 mln. so‘mgacha hajmda moliyalashtirish imkonini beruvchi hamda vakolati doirasida biznes maqsadlarini qamrab oluvchi ochiq kredit liniyasini taqdim etishga doir taklifi Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi asosida Agrobank ATB faoliyatiga joriy etilgan (Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan 36 oy muddatga yillik 26 foiz stavkada 300 mln. so‘mgacha bank kreditlari taqdim etilgan hamda mazkur kredit mahsuloti orqali mehmonxonalar faoliyatida moliyaviy resurslar hajmi oshishi va kapital samaradorligi yaxshilangani asoslangan;
yuqori pul oqimlari shakllanadigan hududlarda mehmonxonalar sonini oshirishda ularning iqtisodiy-ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanishi darajasidan kelib chiqib mehmonxona loyihalarini moliyalashtirishga doir taklifi Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi asosida Agrobank ATB faoliyatiga joriy etilgan (Agrobank ATBning 2024-yil 13-martdagi 35-15/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agrobank ATB tomonidan mehmonxona loyihalariga 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra jami 23927.0 mln. so‘m miqdorida moliyaviy resurslar ajratilishiga hamda turizm rivojlangan hududlarda yangi mehmonxona loyihalarini amalga oshirish hamda pul oqimlarini yuqori darajada shakllantirish imkoniyatlari yaratilgan.