Sultonov Beknazar Abduhalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish masalalari”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona” faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2383
Ilmiy rahbar: Sharipov Tulqin Saidahmedovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyokubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarsh muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ovqatlanish korxonalarida innovatsion texnologiyalarning tobora ko‘p qo‘llanilishi sharoitida “gastronomik turizm” tushunchasiga iste’molchining estetik zavq olishi nuqtai nazardan takomillashgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda ovqatlanish korxonalarining Halol star va Mishelin mezonlari asosida yulduzli baholash mezonlari takomillashtirilib, raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar dalillangan;
O‘zbekistonda gastronomik turistlar xulq-atvori, ya’ni xarid chastotasi, sarflashga tayyor xarajatlar miqdori, ovqatlanish uchun sayohatga chiqish ehtimolligi “logit modeli” asosida o‘rganilib, ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
gastronomik subektlar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi: restoran dekoratsiyasi ko‘rsatkichi, xodimlarning xizmat ko‘rsatish sifati, taomlar sifati ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, Samarqand viloyatida ovqatlanish korxonalarining integral samaradorligi reytingi tuzilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistik subektlar soni o‘zgarishining prognoz parametrlari oyma oy dinamikasi bo‘yicha 2025-yil dekabr oyigacha eksponensial tekislash usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikamiz turizmini rivojlantirishda “gastronomik turizm” tushunchasinining takomillashgan ta’rifi oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat marketingi” o‘quv darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘iga asosan 336-827 sonli nashr ruxsatnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi gastronomik turistlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni yaratgan;
O‘zbekistonda ovqatlanish korxonalarining yulduzli mezonlar takomillashtirilib, raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2022-2023 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ovqatlanish korxonalarida halol standartlari asosida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishdan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda gastronomik turistlar xulq-atvori logit modeli asosida o‘rganilib, ilmiy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2022-2023-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, gastronomik turizm talabini baholash, gastronomik turistlar xulq atvorini o‘rganish asosida qarorlar qabul qilish imkoniyati kengaygan;
gastronomik subektlar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilib, Samarqand viloyatida ovqatlanish korxonalari integral samaradorligi reytingi tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2022-2023 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024 yil 9 yanvardagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Ushbu reyting mamlakatimizda gastronomik turizm subektlarida samaradorlikni keng qamrovli baholashga va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan.
Tadqiqot davomida respublikada gastronomik turistik subektlari soni dinamikasi tahlil qilinib, eksponensial tekislash usuli yordamida hisoblab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2022-2023-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand viloyati Turizm boshqarmasining 2024-yil 9-yanvardagi 01-01/36-son ma’lumotnomasi). Respublikada ovqatlanish korxonalari soni dinamikasi o‘rganilib, 2024-yil yanvar oyidan boshlab 21 oylik prognoz qiymatlari hisoblab chiqildi va 2025 sentyabr oyida ovqatlanish korxonalari soni 2023-yilga nisbatan 24 foizga oshishi prognoz qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish