Axralov Shavkat Sulaymonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Er osti gidrosferasining avtomatlashtirilgan monitoringi asosida geomigratsiya jarayonlarining modelini ishlab chiqish” mavzusidagi 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T1427.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, PhD.13/05.05.2023.T.162.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maqsadxon Sultaniyozovich, texnika fanlari doktori, professor; Elov Botir Boltaevich , texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro muxandislik texnologiyalari inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Er osti gidrosferesining avtomatlashgan monitoringi samaradorligini oshirishda geomigratsiya jarayonlarini modelini va axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gidrogeologik monitoring yuritishda axborot oqimlari modeli va avtomatlashtirilgan o‘lchov asosida er osti suvlari holatining o‘zgarishini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy va texnogen tizimlarning gidrorejim omillari va gidrogeologik sharoitlarini tavsiflovchi monitoring jarayonlarining matematik modeli va geoaxborot tuzilmasi ishlab chiqilgan;
er osti suvi konlarini istiqbolligini asoslashda gidrogeologik tizimlarning geofiltrlatsiya va geomigratsiya jarayonlarini matematik modeli, sonli echish algoritmlari hamda dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi tizimlarining axborot ta’minoti, axborot resurslarini boshqaruvi jarayonlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Er osti gidrosferasini avtomatlashgan monitoring asosida geomigratsiya jarayonlarini modellash va samarali sonli hisoblash algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gidrogeologik monitoringni yuritishda axborot oqimlari modeli, avtomatlashtirilgan o‘lchov asosida er osti suvlari holatining o‘zgarishini aniqlash usuli va gidrogeologik shart-sharoitlarini tavsiflovchi geofultratsiya jarayonlarining matematik modeli va geoaxborot tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat unitary korxonasining Ohangaron gidrogeologik stansiyasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 5 fevral 03-8/17-son ma’lumotnomasi). Natijada erosti suvi sathi va menerallashuvining o‘zgarishini bashoratlash hamda muxandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 4-6% ga qisqartirish imkonini bergan;
gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi tizimlarning axborot ta’minoti, axborot resurslarining boshqaruv jarayonlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash usullari, er osti suvi konlarining istiqbolliligini asoslashda gidrogeologik tizimlarning geomigratsiya jarayonlarining matematik modeli, sonli echish algoritmlari va dasturiy vositalari O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat unitar korxonasining Ohangaron gidrogeologik stansiyasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 05 fevral 03-8/17-son ma’lumotnomasi). Natijada geomigratsiya jarayonida er osti suvlari sifati o‘zgarishi baholangan hamda muhandislik hisoblarida vaqt va mehnat sarfini 0.2 marta qisqartirish imkonini bergan.