Jalolov Iqboljon Jamolovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Papaver angrenicum L. (nudicaule), Arundo donax L. o‘simliklarining biologik faol moddalari va ularni sinflash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/K187.
Ilmiy maslahatchilar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shavkatjon Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyor Yormaxamadovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Papaver angrenicum L.(nudicaule), Arundo donax L. o‘simliklarining kimyoviy tarkibini aniqlash, ajratib olingan birikmalarning tuzilishi va biologik faolligini aniqlash va TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor P. angrenicum L. o‘simligidan yangi pangrenin deb nomlangan alkaloid ajratib olingan va uning tuzilishi kimyoviy hamda uskunaviy usullarda isbotlangan.
A. donax L. o‘simligini sakkizta mintaqa o‘sish joylaridan turli vegetatsiya davrlaridagi alkaloidlar saqlash dinamikasi aniqlangan va YuSSX metodi yordamida sifat analizi yordamida aniqlangan.
A. donax L. o‘simligi ildiz qismi alkaloidlar yigindisidan yangi bis-indol alkaloid ajratib olingan va arundazin deb nomlandi, uning tuzilishi 3’-(N-dimetilaminoetil)-5’-gidroksi-4’-[3-(N-dimetilaminoetil-3-gidroksi-)-oksoindol-1-il] indol ekanligi isbotlangan;
Ilk bor bufotenin alkaloidining sintez qilingan yodmetilati monokristalining eng maqbul strukturasi rentgen strukturaviy analiz usulida aniqlangan;
A. donax L. o‘simligi ildiz ekstraktidan yangi azetin tarkibli modda ajratib olingan va uning tuzilishi 3-vinilazetidin-2-on strukturasiga mos ekanligi isbotlangan;
A. donax L. o‘simligi yer ustki qismi alkaloidlar yigindisi asosida nootropik ta’sirga ega bo‘lgan “Donsumin” preparatini ishlab chiqish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
A. donax L. va P. angrenicum L. o‘simliklaridan Ajratib olingan alkaloidlar va ularning hosilalarining tuzilishi, biologik faolligini aniqlash hamda TIF TN bo‘shicha sinflash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Arundo donax L. o‘simligidan ajratib olingan arundamin, arundavin, arundafin alkaloidlari va Papaver angrenicum L. o‘simligidan ajratib olingan pangrenin alkaloidi ma’lumotlari “Dictionary of Alkaloids” va “Natural Compounds Alkaloids” xalqaro lug‘atlariga kiritilgan (John Buckingham, Keith H. Baggaley, Andrew D. Roberts, László F. Szabó. “Second edition 2010 by Taylor and Francis Group, LLC CRC Press is an imprint of Taylor & Francis Group, an Informa business” (227, 228, 1025, 1026, 1856 betlar) xalqaro lug‘ati va Shakhnoza S. Azimova, Marat S. Yunusov. “Springer Science+Business Media, New York 2013” (35, 259, 260, 261, 262, 263, 264, 265, 272, 426 betlar) xalqaro lug‘ati). Natijada, yangi alkaloidlarni tuzilishi va xossalari to‘g‘risida yangi ma’lumot olish imkonini bergan;
Arundo donax L. o‘simligidan ajratib olingan “arundazetin” Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasida amaliyotga joriy etlgan (“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 27 noyabrdagi 854/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz sanoati metall konstruksiyalari va qurulmalarining ekspluatatsiya muddatini oshirish imkonini bergan;
“Arundazetin” moddasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: 2939 79 000 3 kod raqami ishlab chiqilgan hamda davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024 yil 2 martdagi 17\05-24-0526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur turdagi moddalarni eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.