Xayrulloeva Nigorabegim Ne’matillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «AQSh yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida eko-fikshn janri xususiyatlari», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2746.
Ilmiy rahbar: Bakaeva Muxabbat Kayumovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilova Dilafruz Baxramovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi AQSh yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida eko-fikshn janri xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
M.E.Monro eko-fikshn janridagi asarlarda ekologik mavzular tasviri orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolar ustuvorligiga urg‘u berilganligi, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatning keskinlashuvi global muammo tarzida namoyon bo‘lishining asarlardagi voqealar rivojida badiiy talqini asoslangan;
M.E.Monroning inson va tabiat munosabatlarini tasvirlovchi ekofeminizm mavzusi tabiat va ayol o‘rtasidagi o‘xshashliklar, ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar va ayolning matonat timsoli sifatida yetakchi o‘rin egallashi aniqlangan;
eko-fikshn janriga oid asarlarda tabiat bilan bog‘liq aforizmlarning qo‘llanilishi, tabiat to‘g‘risidagi epigraflarning keltirilishi, ekologik ilmiy faktlardan foydalanish, ekologik tashkilot nomlarining berilishi, asar qahramonlari tomonidan tabiat manzaralari va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatni aks ettiruvchi shaxsiy kundalik yuritilishi, voqealarning aktual rasmlar bilan dalillanishi kabi elementlarning mazmunga mutanosiblikda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
M.E.Monroning eko-fikshn janriga mansub asarlarida shaxs, tabiat hodisalari bilan bog‘liq obrazlar, tabiat manzaralari, atrof-muhit tasviri, inson va tabiat munosabatlarini badiiy va obrazli ifodalash metafora, metonimiya, epitet, o’xshatish, mubolag‘a, perefiraza kabi uslubiy tasvir vositalarining ustuvorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. AQSh yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida eko-fikshn janri xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
eko-fikshn janriga oid asarlarda tabiat bilan bog‘liq aforizmlarning qo‘llanilishi, tabiat to‘g‘risidagi epigraflarning keltirilishi, ekologik ilmiy faktlardan foydalanish, ekologik tashkilot nomlarining berilishi, asar qahramonlari tomonidan tabiat manzaralari va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatni aks ettiruvchi shaxsiy kundalik yuritilishi, voqealarning aktual rasmlar bilan dalillanishi kabi elementlarning mazmunga mutanosiblikda namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan OT-FI-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish" fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-maydagi 04/1-853-son ma’lumotnomasi). Natijada eko-fikshn janriga oid asarlarning o’ziga xos bir qancha badiiy elementlarining ifodasi va ularning eko-fikshn janrini yoritishdagi o‘rnini M.E.Monro ijodi misolida tadqiq etish va o‘zbek adabiyotida ham shu kabi bosh mavzusida ona tabiat turuvchi asarlarni kundalik hayotda biz boshimizdan kechiradigan oilaviy, do‘stona va atrof-muhit bilan bog‘liq murakkab, ammo muqaddas tuyg‘ular bilan mushtaraklikda yoritilgan asarlarni yaratish zarurligini asoslashga xizmat qilgan;
M.E.Monroning eko-fikshn janriga mansub asarlarida shaxs, tabiat hodisalari bilan bog‘liq obrazlar, tabiat manzaralari, atrof-muhit tasviri, inson va tabiat munosabatlarini badiiy va obrazli ifodalash metafora, metonimiya, epitet, o’xshatish, mubolag‘a, perefiraza kabi uslubiy tasvir vositalarining ustuvorligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida 2021-yil avgust-dekabr oylarida bajarilgan AQShning SUZ800-18-IN0049-raqamli – “FEP” Faculty Enrichment Program mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 5-apreldagi 06-01-0097-son ma’lumotnomasi). Natijada AQSh adabiyotida eko-fikshn janrining ildizi, mohiyati va belgilarini aniqlash, M.E.Monro asarlarida eko-fikshn janri xususiyatlari, xususan, ayollar obrazining badiiy ifodasi hamda inson va tabiatni tasvirlashda qo‘llanilgan stilistik vositalarining xususiyatlarini ochib berish orqali O‘zbekistonda ta’lim jarayonida Qiyosiy adabiyotshinoslik, Adabiyotshunoslikka kirish kabi fanlarni o‘qitishda ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
M.E.Monro eko-fikshn janridagi asarlarda ekologik mavzularning talqini orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolar tasviriga urg‘u berilganligi, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatning keskinlashuvi global muammo tarzida namoyon bo‘lishini asarlardagi voqealar rivojida ko‘rish bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 9-noyabrdagi 1/280-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif bilan o‘tkazilgan suhbatlar teletomoshabinlarning adabiyotga qiziqishini oshirishga, AQSh yozuvchisi Meri Elis Monro asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat va o‘xshashliklarning mohirona ifodalanilishi va adib asarlaridagi ekologik g‘oyalar buyicha tasavvur-tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan.