Erejepov Keulimjay Kaymatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kirish-chiqish nazorat tizimlari uchun shaxsni yuz tasviri asosida identifikatsiyalash algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/T 4554
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmuratov Shavkat Artiqbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kirish-chiqish nazorat tizimlari uchun shaxsni yuz tasviri asosida identifikatsiyalash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasvir sifatini baholash mezonini inobatga olgan holda tasvir kontrastini sohali oshirish algoritmi taklif etilgan;
tasvir sifatini baholash mezon qiymatlarini inobatga olgan holda shovqin darajasini aniqlash qoidasi shakllantirilgan;
kontur chiziqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda kontur ingichkalashtirishning bidiagonal algoritmi ishlab chiqilgan;
kompaktlik gipotezasi asosida yuz tasvir informativ belgilarini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
shaxsni yuz tasviri asosida tanib olishning neyron tarmoq modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shaxsni yuz tasviri asosida identifikatsiyalashni mavjud va taklif etilgan yondashuv, model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
tasvir sifatini baholash mezoni va uni qiymatlarini inobatga olgan holda kontrastni sohali oshirish algoritmi hamda shovqin darajasini aniqlash qoidasi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalarni identifikatsiyalash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 24-maydagi BK-06/755 son ma’lumotnomasi). Natijada institut talabalarini fakultet binolariga kirish-chiqishini nazorat qilishga sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 10 foizga qisqartirish imkonini bergan;
kontur chiziqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda kontur ingichkalashtirishni bidiagonal algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Zamanago‘y texnologiya ha’m kompyuter” ma’sulyati cheklangan jamiyatida xodimlarni kirish-chiqishini nazorat qilish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 24-maydagi BK-06/755 son ma’lumotnomasi). Natijada xodimlarni binoga kirish-chiqishini nazorat qilishda 98% aniqlik bilan tanib olishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10 foizga qisqartirish imkonini bergan;
kompaktlik gipotezasi asosida yuz tasvir informativ belgilarini shakllantirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida talabalarni binoga kirish-chiqishini nazorat qilish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 24-maydagi BK-06/755 son ma’lumotnomasi). Natijada xodimlarni binoga kirish-chiqishini nazorat qilishda 98% aniqlik bilan tanib olishga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 12 foizga qisqartirish imkonini bergan;
shaxsni yuz tasviri asosida tanib olish uchun taklif etilgan neyron tarmoq modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talabalarni binoga kirish-chiqishini nazorat qilish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 24-maydagi BK-06/755 son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalarini davomotlarini yuritishda yuz tasviri asosida shaxsni tanib olishdan foydalanib, 97 % aniqlik bilan identifikatsiyalash imkonini bergan.