Isaxodjaev Xayrulla Sunnatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarining aylanma oqava suvlarini qo‘zg‘aluvchan qattiq nasadkali mavhum qaynovchi qatlamda sovitish», 05.05.04–Sanoat issiqlik energetikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T95.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Koroli Mexriya Anvarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uch fazali mavhum qaynovchi qatlamda sodir bo‘luvchi gidrodinamik va issiqlik jarayonlarini modellashtirish hamda va havoni mo‘tadillash tizimlarida aylanma suvlarni sovitish uchun qurilmaning ratsional texnologik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch fazali mavhum qaynovchi qatlamli bug‘latib sovitish apparatlarida sanoat aylanma suvlarini sovitish usuli ishlab chiqilgan;
uch fazali mavhum qaynovchi qatlamli bug‘latib sovitish qurilmasini ish sharoiti uchun asosiy parametrlari havoni tezligi va qatlamni balandligini etiborga olgan holda aniqlangan;
aylanma suvni va havoni bug‘latib sovituvchi uch fazali mavhum qaynovchi qatlamli qurilma ishlab chiqilgan;
tajriba natijalarini approksimatsiyalash usullari asosida bug‘latgichdan chiquvchi suvni va nam havoni haroratlarini aniqlash uchun analitik ifoda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uch fazali mavhum qaynovchi qatlamli bug‘latib sovutish qurilmasi asosida:
mavhum qaynovchi qatlamli bug‘latib sovutish qurilmasi «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi korxonaga, xususan «Qishloqenergoloyiha» AJ binosini sovitish tizimi uchun joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 9 iyundagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada sovutish qurilmasiga sarflanadigan elektroenergiya qiymati 2,4 marta kamaytirish imkoniyatini berdi;
aylanma suvlarni va nam havoning parametrlarini aniqlash usuli va algoritmi «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi korxonaga, xususan «Qishloqenergoloyiha» AJ binosini sovitish tizimi uchun joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 9 iyundagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada aylanma suvlarni va nam havoning parametrlarini aniqlik darajasi 15% oshirilgan;
mavhum qaynovchi qatlamda kechadigan issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini modellashtirish va natijalarni qayta ishlash usuli «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi korxonaga, xususan «Qishloqenergoloyiha» AJ binosini sovitish tizimi uchun joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 9 iyundagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada mavhum qaynovchi qatlamda kechadigan issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini aniqlik darajasi 95%ga oshirish imkoni yaratilgan;
ikki bosqichli uch fazali mavhum qaynovchi qatlamli havoni bug‘latib sovutish apparati ishlab chiqarish xonalarida mikroklimat hosil qilish hisob-grafik usuli «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi korxonaga, xususan «Qishloqenergoloyiha» AJ binosini sovitish tizimi uchun joriy qilingan («O‘zbekenergo» AJning 2018 yil 9 iyundagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish xonasining haroratini 23-250S, nisbiy namlikni 40-60%ga erishish imkoni yaratildi.