Shukurov Ulug‘bek Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqobatli bozor sharoitida sanoat kompleksining hududiy tarkibini takomillashtirish mexanizmi (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3083.
Ilmiy rahbar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti PhD. 03/29.12.2022.I.11.01
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqobatli bozor sharoitida mintaqa sanoat kompleksining hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’atlari asosida aniqlanuvchi ishlab chiqarish faolligini baholash uslubiyoti murakkab indeks komponentlari tarkibiga hajm subindikatorlarini kiritish hamda ularga vazn qiymatlarini biriktirish orqali takomillashtirilgan;
DEA modeli natijalari asosida texnologik samaradorligi past klasterlar uchun ularning moddiy-texnik imkoniyatlaridan, xususan, er maydoni, qishloq xo‘jaligi texnikalari soni va tomchilatib sug‘orish joriy etilgan maydon ulushi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, namunaviy (target) klasterlar aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda un va un mahsulotlari, qiyom va sharbatlar, o‘simlik yog‘lari, konditer mahsulotlari hamda meva va sabzavot konservalari ishlab chiqarishga ustuvorlik berish asoslangan.
Qashqadaryo viloyatida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlarining ko‘p variantli ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: raqobatli bozor sharoitida sanoat kompleksining hududiy tarkibini takomillashtirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning sanoat mahsulotlari hajmining oʼsish surʼatlari asosida aniqlanuvchi ishlab chiqarish faolligini baholash uslubiyoti murakkab indeks komponentlari tarkibiga hajm subindikatorlarini kiritish hamda ularga vazn qiymatlarini biriktirish orqali takomillashtirish boʼyicha ishlab chiqilgan taklifi Qashqadaryo viloyatida sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 08/25-2-7442-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi 2023-yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan 59 ta mahallaning 4,12 ga er maydonida bu yo‘nalishlarda tashkil etiladigan mikromarkazlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirishga xizmat qilgan;
DEA modeli natijalari asosida texnologik samaradorligi past klasterlar uchun ularning moddiy-texnik imkoniyatlaridan, xususan, er maydoni, qishloq xo‘jaligi texnikalari soni va tomchilatib sug‘orish joriy etilgan maydon ulushi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlangan namunaviy (target) klasterlar “Qarshi Agro klaster” va “Beshkent Agrocluster” MChJlar namunali korxona sifatida hududlardagi boshqa klasterlar samaradorligini oshirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 08/25-2-7442-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi Qarshi tumanida joylashgan “OMAD START” MChJda qiymati 384,0 mlrd. so‘mlik tomchilatib sugʻorish uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha investisiya loyihasini shakllantirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatining tashqi savdo diversifikatsiyasi tahlili asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda un va un mahsulotlari, qiyom va sharbatlar, o‘simlik yog‘lari, konditer mahsulotlari hamda meva va sabzavot konservalari ishlab chiqarishga ustuvorlik berish bo‘yicha takliflardan viloyatning sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish chora tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 08/25-2-7442-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi “GSP+” imkoniyatlari doirasida Evropa davlatlariga mahsulotlar eksportini 2 baravarga oshirish va viloyatdagi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida sifat menejmentini joriy etish uchun sertifikatlar sonini 190 taga etkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyatida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlarining ko‘p variantli ssenariylaridan viloyatning sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmining maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 08/25-2-7442-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija hisob-kitoblari asosida viloyatda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 2023-yilda 325,9 million AQSh dollariga etkazish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishildi;