Shaymanova Adiba Ergashevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda Uchinchi Renessans jarayonida mulkdorlar qatlamining shakllanishi: ijtimoiy – falsafiy jihatlari”, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fal101
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Luqmon Narzullaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xuseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mulkdorlar qatlamining shakllanishi va uning Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdagi konstruktiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etish jarayonida zamonaviy mulkdorlar qatlamini shakllantirish birlamchi omil sifatida jamiyat hayotidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi sifat o‘zgarishlariga olib kelishi falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida ochib berilgan;
mulkdorlar qatlamining jamiyatdagi potensial imkoniyatlarini oshirishda shaxs erkinligi, huquqlarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq qonuniyat ekanligi falsafiy asoslangan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi taraqqiyot bosqichida O‘zbekistonda milliy bozor madaniyatini shakllantirish va ijtimoiy-madaniy omillarning rolini aniqlash hamda uni isloh qilishning yangi dasturini qabul qilish orqali qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhitining shakllanishiga xizmat qilishi isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonga xos qadriyat, milliy mentalitet xususiyatlari transformatsiyasida mulkdorlar qatlamining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalardagi xarakterli belgilari va amal qilish tamoyillarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
yangi zamonaviy ilm fan yutuqlarini egallagan mulkdorlar qatlami aholining turmush farovonligini oshirishda va kambag‘allikni qisqartirishda iqtisodiyotning birlamchi drayveri sifatida milliy identligimizni saqlab qolishi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.“O‘zbekistonda Uchinchi Renessans jarayonida mulkdorlar qatlamining shakllanishi: ijtimoiy-falsafiy jihatlari”mavzudagi tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etish jarayonida zamonaviy mulkdorlar qatlamini shakllantirish birlamchi omil sifatida jamiyat hayotidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi sifat o‘zgarishlariga olib kelishiga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” nomli 7-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 23-martdagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini mustahkamlashda, xususan, O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessansning ijtimoiy tayanchi, barqaror taraqqiyot, totuvlik va mamlakat xavfsizligining ishonchli kafolati bo‘lgan mulkdorlar qatlami to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishga targ‘ibotchilar uchun muhim metodologik-nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
mulkdorlar qatlamining jamiyatdagi potensial imkoniyatlarini oshirishda shaxs erkinligi, huquqlarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liqligiga oid taklif-tavsiyalardan Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Zamon” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan “Ma’naviy etuk yoshlar - porloq kelajak sari yo‘l boshlar” mavzusidagi 21-05/1t-8 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Zamon” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 21-apreldagi 164-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirishda hamda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasi va madaniyatini, moliyaviy savodxonligini shakllantirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning yangi taraqqiyot bosqichida O‘zbekistonda milliy bozor madaniyatini shakllantirish va ijtimoiy-madaniy omillarning rolini aniqlash hamda uni isloh qilishning yangi dasturini qabul qilish orqali qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhitining shakllanishiga xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2023-yil 3-martdagi 01-27/102-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning dasturlari mazmun-mohiyatini oshirishga va ularni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonga xos qadriyat, milliy mentalitet xususiyatlari transformatsiyasida mulkdorlar qatlamining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalardagi xarakterli belgilari va amal qilish tamoyillarini takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat hokimligining 2021-2022-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2023-yil 30-martdagi 07/1376-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy dunyoqarashini, mafkuraviy immunitetini yuksaltirish, ularda Uchinchi Renessans va mulkdorlar qatlami to‘g‘risidagi tassavurlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
yangi zamonaviy ilm fan yutuqlarini egallagan mulkdorlar qatlami aholining turmush farovonligini oshirishda va kambag‘allikni qisqartirishda iqtisodiyotning birlamchi drayveri sifatida milliy identligimizni saqlab qolishga oid taklif va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi va “Ma’rifat soati” ko‘rsatuvining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-martdagi 17-05/43-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans jarayoni va mulkdorlar qatlami haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.