Xolmirzaeva Manzura Abdimurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonni milliy manfaatlarini himoya qilishda gʻoyaviy- mafkuraviy xavfsizlikni taʼminlash qonuniyatlari”, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Fal399
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna falsafa fanlari doktori, professor; Azamat Muxtorov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida mamlakat milliy manfaat va ehtiyojlarini qondirishning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash qonuniyatlarini aniqlash va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida jamiyat ijtimoiy strukturasida yuz berayotgan o‘zgarishlarning milliy manfaatlarga mos ravishda g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda voyaga etmagan bolalar manfaatini himoya qilish va ularni turli axborot xurujlaridan asrash asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy asoslangan;
milliy xavfsizlik ijtimoiy fenomen sifatida turli millat vakillarining umummilliy manfaatlarini himoya qilishda uning g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashdagi majburiylik, raqobatbardoshlik, axloqiylik kabi qonuniyatlari, zamonaviy innovatsion shakllari va ularni amalga oshirish usullarini takomillashtirish zaruriyati falsafiy asoslangan;
o‘zbek oilalarida keng ko‘lamli tadbirkorlik faoliyatida milliy manfaat, milliy ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, bozor iqdisodiyoti va uning ta’sirida shakllanayotgan demokratik qadriyatlarga, oilaviy ijtimoiy muhitga, etnomadaniy an’analarga muvofiq rivojlanib borishi dalillangan;
yoshlarning mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi milliy manfaatlarini himoya qilishda ularning g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash mezonlari va mafkuraviy kurash mexanizmlarini davr xarakteriga mos ravishda kuchaytirish konstruktiv ahamiyatga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilishda g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash qonuniyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida jamiyat ijtimoiy strukturasida yuz berayotgan o‘zgarishlarning milliy manfaatlarga mos ravishda g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda voyaga etmagan bolalar manfaatini himoya qilish va ularni turli axborot xurujlaridan asrash asosiy omillardan biri ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining «Bolalar va ularni sog‘ligiga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021-yil 15-oktabrdagi 04/5-05-5211-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning va qabul qilinayotgan qonunlarning amaliy ahamiyatini yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
milliy xavfsizlik ijtimoiy fenomen sifatida turli millat vakillarining umummilliy manfaatlarini himoya qilishda uning g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashdagi majburiylik, raqobatbardoshlik, axloqiylik kabi qonuniyatlari, zamonaviy innovatsion shakllari va ularni amalga oshirish usullarini takomillashtirish zaruriyati falsafiy asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining VII bo‘limi 7.2 va 7.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2023-yil 11-iyuldagi 3-266-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘zbek oilalarida keng ko‘lamli tadbirkorlik faoliyatida milliy manfaat, milliy ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, bozor iqdisodiyoti va uning ta’sirida shakllanayotgan demokratik qadriyatlarga, oilaviy ijtimoiy muhitga, etnomadaniy an’analarga muvofiq rivojlanib borishiga doir konstruktiv taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi VM-228-son “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021-yil 12-oktabrdagi 02-02/239-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
yoshlarning mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi milliy manfaatlarini himoya qilishda ularning g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash mezonlari va mafkuraviy kurash mexanizmlarini davr xarakteriga mos ravishda kuchaytirish konstruktiv ahamiyatga ega ekanligiga doir ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan Surxandaryo viloyat telekompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Dialog”, “Yoshlar vaqti”, “Kun mavzusi” teleko‘rsatuvlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxandaryo viloyat telekompaniyasining 2023-yil 11-iyuldagi 01-02/36-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi globallashuv davrida yoshlarning milliy manfaatlar xavfsizligi va ularni g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya etish masalalarini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.