Peng Xingening
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish”, 08.00.05. — Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2536
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan tizimli foydalangan holda xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligi integral baholash yondashuvi hududning iqtisodiy salohiyati, bozor raqobat darajasi va bozorning rivojlanish darajasiga ko‘ra takomillashtirilib, uni IT texnologiyalari bo‘yicha iqtisodiy tahlil panel ma’lumotlar modeli negizida amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xizmat ko‘rsatishning istiqbol maqsadlaridan kelib chiqqan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ustuvor yo‘nalishlari sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar kabilarga ko‘ra aniqlashtirilib, ekotizim doirasida sohani rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan va uning sof texnik samaradorlikka ta’sir etishi ko‘rsatib berilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi operatsion samaradorligini hududiy bo‘lim (bo‘linma)lari ustuvorligiga ko‘ra oshirish va Big Data platformasi, bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, 5G texnologiyalarini sohaga integratsiyalashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda axborotlar statik-dinamik tahlilini VRS modeliga ko‘ra amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, texnik-ko‘lam samaradorligini baholashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini optimal samaradorlikka ta’siri aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligini integral baholash yondashuvini hudud iqtisodiy salohiyat, bozorning raqobat darajasi va bozor rivojlanish darajasiga ko‘ra takomillashtirish asosida IT  texnologiyalari bo‘yicha iqtisodiy tahlil panel ma’lumotlar modeli negizida amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Savdo sanoat palatasining 2023-yil 11-iyuldagi 11/03-30-7901-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu taklif takomillashtirilgan baholash yondashuviga ko‘ra  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha ijobiy yoki salbiy omillar ta’sirini baholash imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatishning istiqbol maqsadlaridan kelib chiqqan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ustuvor yo‘nalishlari sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar kabilarga ko‘ra aniqlashtirilgan va ekotizim doirasida sohani rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha taklif Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Savdo sanoat palatasining 2023-yil 11-iyuldagi 11/03-30-7901-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif innovatsion ekotizim doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish asosida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish strategiyalari va kompleks dasturlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi operatsion samaradorligini hududiy bo‘lim (bo‘linma)lari ustuvorligiga ko‘ra oshirish va Big Data platformasi, bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, 5G texnologiyalarini sohaga integratsiyalashning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Savdo sanoat palatasining 2023-yil 11-iyuldagi 11/03-30-7901-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududiy bo‘limlar faoliyati samaradorligiga ko‘ra tizimni umumiy baholashni amalga oshirish asosida soha operatsion samaradorligini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda axborotlar statik-dinamik tahlilini VRS modeliga ko‘ra amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, texnik-ko‘lam samaradorligini baholashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini optimal samaradorlikka ta’sirini aniqlash taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Savdo sanoat palatasining 2023-yil 11-iyuldagi 11/03-30-7901-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif palataning hududiy bo‘limlari faoliyati rivojlanishining dinamik samaradorligini baholash va alohida tarkibiy qismlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ulushini aniqlash imkonini kengaytirib, ichki imkoniyatlarni ishlab chiqarishga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish