Ashurov Nurali Abdujalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘alla kombaynlar uchun somon yuklagich moslamasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (lalmi erlar uchun)”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3732
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor; Toliboev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmi erlarda somonni nobudgarchiliksiz kam sarf-xarajatlar bilan yig‘ishtirib olish uchun g‘alla kombaynlariga somon yuklagich moslamani ishlab chiqish, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombaynlar uchun lalmi erlarda g‘allaning doni bilan birga somonini ham tirkamalarga yuklab yig‘ishtirish imkonini beradigan ixcham konstruksiyali moslama ishlab chiqilgan;
kombayn yanchish apparatidan chiqib kelayotgan somonni tirkamaga yuklashni jadallashtirish maqsadida somon yuklagich moslama ichida somonni aeromexanik ta’sir ostida irg‘itadigan ishchi qism yaratilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
somon yuklagich moslamada somon zarrachalarining parrakli baraban bilan o‘zaro ta’siridagi harakati va somonning irg‘itilish jarayonining mexanik-matematik modellari ishlab chiqilgan;
g‘alla kombaynlariga o‘rnatiladigan somon yuklagich moslama parametrlari va ish rejimlariga bog‘liq holda ish sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lalmi erlarda g‘allani yig‘ishtirishda kombaynlar uchun somon yuklagich moslama ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lalmi erlarda g‘allani yig‘ishtirishda kombaynlarga o‘rnatiladigan somon yuklagich moslamaga dastlabki talablar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi №07/24-04/6269 ma’lumotnomasi). Natijada, kombaynlar uchun lalmi erlarda g‘allaning doni bilan birga somonini ham yig‘ishtirish imkonini beradigan energiya-resurstejamkor va ish sifati yuqori somon yuklagich moslamaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
somon yuklagich moslama bilan jihozlangan g‘alla kombayni Jizzax viloyati G‘allaorol tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi №07/24-04/6269-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmi erlarda g‘alla bilan birga uning somonini ham kam xarajatlar bilan sifatli yig‘ishtirib olish imkoni yaratilgan;
g‘alla kombaynlari uchun somon yuklagich moslamaning loyiha konstruk-torlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi №07/24-04/6269-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmi erlarda g‘allani yig‘ishtirishda kombaynlarga o‘rnatiladigan takomillashgan somon yuklagich moslamani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.