Urozov Mustafokul Kulturaevichning
texnika fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jun tolasini tozalash asosida noto‘qima material olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish masalasi 05.06.02-«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» ixtisosliga bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. DSc /T438
Ilmiy rahbar: Qadam Jumaniyazov Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSC.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: t.f.d., dos. Avazov Komiljon Raxmatovich, t.f.d., dos. Yuldashev Jamshid Qambaralievich, t.f.d., dos. Qayumov Jo‘ramirza
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mahalliy dag‘al jun tolasini mexanik kimyoviy tozalash texnologik jarayonini takomillashtirish va fizik kimyoviy xossalari yaxshilangan jun tolasidan texnik jihatdan sifatli noto‘qima mato turlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
titish-tozalash uskunasiga qo‘shimcha sifatida ta’minlovchi valik, qiya xolatda xomashyo bunkeri o‘rnatish hisobiga jun tolasining bir xil miqdorda qoziqchali barabanga uzatilishi natijasida yuqori ish unumdorlikga erishishi aniqlangan;
jun tolalari ta’minlovchi valiklar yordamida uzatilishi bir vaqtning o‘zida valiklarning burchak tezliklariga, o‘rnatilgan tebranuvchi xomashyo bunkeriga hamda barabandagi qoziqchalar soniga bog‘liqligi matematik modellashtirish usuli bilan aniqlangan;
titish-tozalash uskunasining barabaniga qo‘shimcha qoziqchalar o‘rnatish hisobiga jun tolasini mayda va yirik ifloslikdan tozalash samaradorligi ortganligi aniqlangan;
tozalangan mahalliy jun tolalari asosida yangi turdagi noto‘qima matolar olish texnologiyasi ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan va ishqalanishga chidamli, havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan yangi turdagi noto‘qima mato ishlab chiqilgan;
jun tolasining ingichkaligi, qalinligi va shtapel uzunligi noto‘qima matoning sifatiga ta’siri va noto‘qima matoning qayishqoqligi hamda elastik deformatsiyasi aniqlangan;
titish tozalash uskunasidan jun tolalarini yuvish vannasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tashlab berish natijasida iqtisodiy jihatdan resurstejamkor texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jun tolasini samarali tozalash texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jun tarkibidagi mayda va yirik iflosliklardan tozalash texnologiyasi Oltinsoy tumanidagi “Xisora mayin jun” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 2-apreldagi № FN 7/10/35-sonli ma’lumotnomasi) Natijada mahalliy dag‘al jun tarkibadagi mayda yirik iflosliklar 18% gacha tozalanib texnik jihatdan sifatli bo‘lgan tola ishlab chiqarilgan.
tozalangan jun tolasi asosida noto‘qima matolar olish texnologiyasi “Jizzax jun” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 2-apreldagi № FN 7/10/35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy dag‘al jun tolasi asosida ishqalanishga chidamli va havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan 3 xil qalinlikda noto‘qima matolar olingan.