Ismatullaev Jasurbek Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining investision jozibadorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3076.
Ilmiy rahbar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norkuvatova Gulmira Izatullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni rivojlantirishda investisiya muhiti jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy subekt (mamlakat, hudud yoki salohiyatli investor)ning investisiya obektiga mablag‘ (sarmoya, turli xil huquqlar, intellektual boyliklar) kiritishi /yoki kiritmasligi xususida qaror qabul qilishiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan, investor (ekspert)larning subektiv qarashlari asosida “mintaqa investision jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni takomillashtirilgan;
hududlarning investisiya salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 8 ta (innovatsion-investision faollik (0,2), ishlab chiqarish va iste’mol (0,15), tabiiy-geografik va resurs (0,15), infratuzilma (0,15), mehnat resurslari (0,09), tadbirkorlik faolligi (0,09), tashqi iqtisodiy faollik (0,09), moliyaviy (0,08) salohiyat), hududlarning investisiya riskini ifodalovchi ko‘rsatkichlar esa 6 ta (iqtisodiy (0,2), ijtimoiy (0,2), moliyaviy (0,15), boshqaruv (0,2), ekologik (0,17), jinoiy (0,08) risk) mezonlari bo‘yicha takomillashtirilgan;
investision jozibadorlikning hududning investisiya salohiyatiga to‘g‘ri, investisiya riskiga teskari bog‘lanishda ekanligiga asoslanib, I_(j )= √(I_(s  )*1/I_r ) hududlarning investisiya jozibadorligini ifodalovchi integral qiymatini aniqlash modeli ishlab chiqilgan;
qulay investision muhitni yaratish, salohiyatli investorlarni jalb qilish va mintaqa investision faolligini oshirishga qaratilgan investisiya salohiyatining mintaqa iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rsatkichlarining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqalar investision jozibadorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot ishida mintaqa investision jozibadorligi tushunchasini takomillashtirish nuqtai nazaridan ta’rif keltirilgan. Natijada ushbu tushunchaning mohiyatini ilmiy jihatdan asoslashga imkoniyat bergan;
iqtisodiy subekt (mamlakat, hudud yoki salohiyatli investor)ning investisiya obektiga mablag‘ (sarmoya, turli xil huquqlar, intellektual boyliklar) kiritishi /yoki kiritmasligi xususida qaror qabul qilishiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan, investor (ekspert)larning subektiv qarashlari asosida “mintaqa investision jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qashqadaryo viloyatini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-201-son Qarori ijrosi bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 30-oktyabrdagi 05/1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning 16 ta shahar va tumanlari bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqib “drayver”lar belgilangan. “Drayver” sohasidan kelib chiqib 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan 17,7 trln so‘mlik 947 ta investisiya loyihalari ishlab chiqilgan va tarmoq jadvallari shakllantirilgan;
hududlarning investisiya salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 8 ta (innovatsion-investision faollik (0,2), ishlab chiqarish va iste’mol (0,15), tabiiy-geografik va resurs (0,15), infratuzilma (0,15), mehnat resurslari (0,09), tadbirkorlik faolligi (0,09), tashqi iqtisodiy faollik (0,09), moliyaviy (0,08) salohiyat), hududlarning investisiya riskini ifodalovchi ko‘rsatkichlar esa 6 ta (iqtisodiy (0,2), ijtimoiy (0,2), moliyaviy (0,15), boshqaruv (0,2), ekologik (0,17), jinoiy (0,08) risk) mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qashqadaryo viloyatini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-201-son Qarori ijrosi bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 30-oktyabrdagi 05/1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati hududlarining investision jozibadorligini baholash amaliyotini takomillashtirish hamda hududlar investision jozibadorligi reytingini ishlab chiqish imkonini bergan;
investision jozibadorlikning hududning investisiya salohiyatiga to‘g‘ri, investisiya riskiga teskari bog‘lanishda ekanligiga asoslanib, I_(j )= √(I_(s  )*1/I_r ) hududlarning investisiya jozibadorligini ifodalovchi integral qiymatini aniqlash modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qashqadaryo viloyatini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-201-son Qarori ijrosi bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 30-oktyabrdagi 05/1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududning investision jozibadorlikning oshirishga, investisiya salohiyati hamda investisiya loyihalari ishlab chiqishga imkon bergan;
qulay investision muhitni yaratish, salohiyatli investorlarni jalb qilish va mintaqa investision faolligini oshirishga qaratilgan investisiya salohiyatining mintaqa iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rsatkichlarining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlarini asoslash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qashqadaryo viloyatini 2022-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-201-son Qarori ijrosi bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 30-oktyabrdagi 05/1628-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha «pastdan-yuqoriga» tamoyili asosida viloyatda “loyiha guruhlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilib tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarning investisiyaviy salohiyatidan kelib chiqib, istiqbolli biznes loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish