Baxodirov No‘’monxon Kamolxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalarining samaradorligini ekonometrik baholash», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024PhD/Iqt1992
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sattorov Sanjar Abdumurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish va samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni ekonometrik baholashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati faoliyatidagi xavfni minimallashtirishda xatarlarni baholash bosqichlari ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatining samaradorligini texnika   va texnologiya    o‘zgarishlarini e’tiborga olgan holda baholashning ekonometrik modellari takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi asosida korxonalar moliyasini tashkil etish tamoyili takomillashtirilgan;
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarining barqaror rivojlantirishni ta’minlash va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2024-2028-yillar bo‘yicha ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish  va ekonometrik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati faoliyatidagi xavfni minimallashtirishda xatarlarni baholash bosqichlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 2022-yil 20-iyuldagi “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-47-105-11-0-K/22-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat hokimligining 2024-yil 27 martdagi 02-04/662-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Farg‘ona viloyati to‘qimachilik korxonalari samaradorligini oshirishda yuzaga keladigan xatarlar darajasini 11,3 foizga qisqartirish hisobidan mehnat unumdorligini keskin oshishi ta’minlangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatining samaradorligini texnika   va texnologiya    o‘zgarishlarini e’tiborga olgan holda baholashning ekonometrik modellarini takomillashtirish bo‘yicha taklif  xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 2022-yil 20-iyuldagi “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-47-105-11-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat hokimligining 2024-yil 27-martdagi 02-04/662-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantirish, uning samaradorligini, aholi bandligi va daromadlarini oshirish orqali yalpi hududiy mahsulotning 2,7 foizga qo‘shimcha oshishiga imkon yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi asosida takomillashtirilgan korxonalar moliyasini tashkil etish tamoyili bo‘yicha taklif  xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 2022-yil 20-iyuldagi “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-47-105-11-0-K/22-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat hokimligining 2024-yil 27-martdagi 02-04/662-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyati to‘qimachilik korxonalarining o‘z mablag‘lari manbalarini kengayishi hisobidan o‘z mablag‘lari 2,7 foizga ortishiga erishilgan;
Farg‘ona viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarining barqaror rivojlantirishni ta’minlash va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2024-2028-yillar bo‘yicha ko‘p omilli prognoz natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining 2022-yil 20-iyuldagi “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-47-105-11-0-K/22-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat hokimligining 2024-yil 27-martdagi 02-04/662-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyat to‘qimachilik sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish