Otamurodova Roviyajon Olimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazmda tarixiy-madaniy merosni tiklash va o‘rganish muammolari, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar985.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qarliboev Makset Abdibaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xudayberganov Komiljon, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazmda tarixiy-madaniy merosni tiklash va o‘rganish muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm madaniyatining Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tizimida tutgan o‘rni va o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etishda Quyi Amudaryo vohasi geografik sharoiti va aholisining madaniy an’analari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va ma’naviyati darajasi hamda din, etnik jarayonlar, tashqi aloqalar va o‘zaro madaniy ta’sir kabi omillarga tayangan holda sivilizatsiyaviy yondashuvni qo‘llash zarurligi asoslangan;
Xorazm vohasida tarixiy-madaniy obidalarni tashqi salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish, antropogen omil-inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan texnogen tahdidlar ko‘lamini kamaytirish, madaniy meros obektlari atrofida nazoratsiz olib borilayotgan qurilish va xo‘jalik ishlarini cheklash, saqlab qolishning xavf-xatari mavjud me’moriy va arxeologik meros yodgorliklari ro‘yxatini tuzish hamda ularni ta’mirlash-tiklashga oid ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish kabi masalalar ochib berilgan;
jamiyatda tarixiy-madaniy merosga nisbatan yangicha munosabatni shakllantirish, yoshlar va umuman, jamoatchilik vakillari orasida madaniy merosning milliy va umuminsoniy qadriyatlari ahamiyatiga oid bilimlarga ega bo‘lish, ularni boyitish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari va madaniy-ma’rifiy muassasalarining bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini keng miqyosda olib borish lozimligi Xorazm misolida ijtimoiy tadqiqotlar asosida aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish, qayta tiklash va targ‘ib qilish vazifalarini echish, moddiy va nomoddiy madaniy meros  yodgorliklarini muhofaza qilish va saqlash jarayonida milliy tizimni takomillashtirish va bu borada YuNESKO tamoyillarini yangi asoslarda rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohada xalqaro hamkorlikni maqsadli kengaytirish va turli mamlakatlar tajribasini o‘rganish muammolari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazmda tarixiy-madaniy merosni tiklash va o‘rganish muammolarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Xorazm madaniyatining Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tizimida tutgan o‘rni va o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etishda Quyi Amudaryo vohasi geografik sharoiti va aholisining madaniy an’analari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va ma’naviyati darajasi hamda din, etnik jarayonlar, tashqi aloqalar va o‘zaro madaniy ta’sir kabi omillarga asoslangan holda sivilizatsiyaviy yondashuvni qo‘llash zarurligi; Xorazm vohasida tarixiy-madaniy obidalarni tashqi salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish, antropogen omil – inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan texnogen tahdidlar ko‘lamini kamaytirish, madaniy meros obektlari atrofida nazoratsiz olib borilayotgan qurilish va xo‘jalik ishlarini cheklash, saqlab qolishning xavf-xatari mavjud me’moriy va arxeologik meros yodgorliklari ro‘yxatini tuzish hamda ularni ta’mirlash-tiklashga oid ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish kabi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2023-yilning 21-dekabrdagi 02-12-16-8639-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya xulosa va takliflari “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” dasturini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
jamiyatda tarixiy-madaniy merosga nisbatan yangicha munosabatni shakllantirish, yoshlar va umuman, jamoatchilik vakillari orasida madaniy merosning milliy va umuminsoniy qadriyatlari ahamiyatiga oid bilimlarga ega bo‘lish, ularni boyitish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari va madaniy-ma’rifiy muassasalarining bu boradagi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini keng miqyosda olib borish lozimligi Xorazm misolida ijtimoiy tadqiqotlar; Yangi O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish, qayta tiklash va targ‘ib qilish vazifalarini echish, moddiy va nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish va saqlash jarayonida milliy tizimni takomillashtirish va bu borada YuNESKO tamoyillarini yangi asoslarda rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohada xalqaro hamkorlikni maqsadli kengaytirish va turli mamlakatlar tajribasini o‘rganish muammolari bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-dekabrdagi 04-36-1856-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya xulosalari va tavsiyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariyalarini tayyorlashda fodalanilgan. Olingan natijalar teletomoshabinlarning Xorazm vohasi madaniy merosi haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish