Sattorov Alisher Xasan o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt434.
Ilmiy maslahatchi: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, metodologik va amaliy yo‘nalishlarda taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik tekshiruvlari davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ichki nazorat muhitini baholash, nazorat amallarining bajarilishini baholash hamda ichki nazorat tizimining holatini baholashda testlar tarkibini umumiy va maxsus guruhlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
auditorlik dalillarini to‘plash mezonlari chegarasini muayyan ball tizimi yordamida miqdoriy belgilash doirasida dolzarblik (D=1-6), ishonchlilik (I=1-10) va asoslanganlik (A=1-5) mezonlarining tegishli me’yorini ta’minlash orqali auditorlik tekshiruvlarining maqbul darajadagi samaradorligiga erishish asoslangan;
auditorlik tashkilotlarining tashqi sifat nazoratini o‘tkazish shartlari va tartibiga oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilishi talabini kiritish orqali auditorlik tekshiruvi jarayonlari sifatini oshirish asoslangan;
auditorlik tashkilotlarining mutasaddi idora tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillarini jalb etgan holda amalga oshiriluvchi tashqi sifat nazoratini qonuniylik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish orqali auditorlik tashkilotlari faoliyatining to‘g‘riligi va samaradorligini ta’minlash asoslangan;
majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlarining ichki nazorat tizimi mavjudligi, tavakkalchilik darajasini baholash, turdosh xizmatlar ko‘rsatish uslubiyotining mavjudligi ko‘rsatkichlari asosida tashqi sifat nazoratidan o‘tkazish muddatini o‘n ish kuni sifatida belgilash orqali auditorlik tashkilotlari faoliyatiga oqilona baho berish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tekshiruvlari davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ichki nazorat muhitini baholash, nazorat amallarining bajarilishini baholash hamda ichki nazorat tizimining holatini baholashda testlar tarkibini umumiy va maxsus guruhlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2023 yil
7 iyundagi 01-02/15-sonli va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 23 iyuldagi 05-08/403-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, takomillashtirilgan nazorat testining ishlab chiqilishi ichki nazorat tizimi samaradorligiga oqilona baho berishini 10-12 foizga oshirgan va auditorlik riskining maqbul darajasini aniqlash imkonini yaratgan;
auditorlik dalillarini to‘plash mezonlari chegarasini muayyan ball tizimi yordamida miqdoriy belgilash doirasida dolzarblik (D=1-6), ishonchlilik (I=1-10) va asoslanganlik (A=1-5) mezonlarining tegishli me’yorini ta’minlash orqali auditorlik tekshiruvlarining maqbul darajadagi samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasi tomonidan “Audit dalillari” nomli auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari va auditorlik tekshiruvlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda auditorlik tekshiruvlarining o‘tkazilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2023 yil 7 iyundagi 01-02/15-sonli va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2023 yil 23 iyuldagi 05-08/403-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, auditorlik tekshiruvlarini samarali tashkil etish, dalillarni chuqur tahlil qilish va hujjatlashtirish jarayonini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
auditorlik tashkilotlarining tashqi sifat nazoratini o‘tkazish shartlari va tartibiga oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilishi talabini kiritish orqali auditorlik tekshiruvi jarayonlari sifatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 30-02-35/23-05-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, auditorlar respublika jamoat birlashmalari tomonidan oxirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratini o‘tkazishni amalga oshirish orqali auditorlik takshilotlarining ish jarayonlari va sifatini oshirish imkoni yaratilgan;
auditorlik tashkilotlarining mutasaddi idora tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillarini jalb etgan holda amalga oshiriluvchi tashqi sifat nazoratini qonuniylik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish orqali auditorlik tashkilotlari faoliyatining to‘g‘riligi va samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 7-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 30-02-35/23-05-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, auditorlik tashkilotlari faoliyatining to‘g‘riligi va samaradorligini oshirish, tekshiruv jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlarining ichki nazorat tizimi mavjudligi, tavakkalchilik darajasini baholash, turdosh xizmatlar ko‘rsatish uslubiyotining mavjudligi ko‘rsatkichlari asosida tashqi sifat nazoratidan o‘tkazish muddatini o‘n ish kuni sifatida belgilash orqali auditorlik tashkilotlari faoliyatiga oqilona baho berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 30-02-35/23-05-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, xalqaro auditorlik institutlari, rivojlangan davlatlarning auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning auditorlik jamoat birlashmalari faoliyatini o‘rganish orqali auditorlik tashkilotlarini tashqi sifat nazoratidan o‘tkazish muddatining o‘n ish kuni sifatida belgilanishi auditorlik tashkilotlariga baho berishda tezkorlikni oshirish imkonini yaratgan.