Rajabov Rustambek Nusratilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy gazkondesatlarining tarkibini va xususiyatlarini o‘rganish, ular asosida quyi haroratda qotmaydigan dizel yoqilg‘isi olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4367.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzulloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft va gazkondesat aralashmasi fraksiyalari va kompozision qo‘ndirmalar asosida qishki dizel yoqilg‘ilari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy neft va gazkondensatini turli nisbatlardagi aralashmalarining xususiyatlari tahlili asosida qishki dizel yoqilg‘ilarini olish uchun fraksion tarkibning optimal qiymatlari aniqlangan;
haydash qurilmasidagi engil gazoyl fraksiyasining bug‘latish ustuni bug‘ sarfini 1,6 t/s dan 1,0 t/s gacha kamaytirish hisobiga qotish harorati yaxshilangan va miqdor jihatdan ko‘p dizel yoqilg‘i olinishi ilmiy asoslangan;
olingan dizel yoqilg‘isiga RR-1, RR-2, RR-3 va RR-4 kompozision qo‘ndirmalar 0,15 % miqdorda aralashtirganda, qotish harorati minus 40oC haroratga pasayishi aniqlangan;
mahalliy neft va gazkondesat asosida olingan qishki dizel yoqilgʻilarining quyi haroratli xossalariga kompozision qo‘ndirmalarning ta’siri ilmiy asoslangan.
mahalliy neft va gazkondesat hamda kompozision qo‘ndirmalar asosida quyi haroratli va ekspluatasion-ekologik xossalari yaxshilangan qishki dizel yoqilg‘ilari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo gaz kondensati va neft aralashmasini atmosfera bosimida haydash jarayoni qulay qo‘rsatkichlarini aniqlash hamada prisadkalar ta’sir ettirib qishki dizel yoqilg‘ilari ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dizel yoqilg‘isi uchun mahalliy xomashyolar asosida qo‘ndirmalar olish  usuli “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 19 iyundagi 37-41/2752-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dizel yoqilg‘isiga 0,15 % miqdorda qo‘ndirma qo‘shilganda yoqilg‘ining qotish harorati GOST talablariga qadar pasaytirish imkonini beradi;
mahalliy neft va gazkondensati asosida olingan dizel yoqilg‘isiga sintez qilingan qo‘ndirmani qo‘shish texnologiyasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 19 iyundagi 37-41/2752-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan dizel yoqilg‘isining qotish harorati -270C gacha, filtrlanish harorat quyi chegarasi -160C gacha tushirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish