Navotova Dilnoza Ibrogimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati er resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishning iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr182.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Maqsud Abdullaevich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshibaevna, geografiya fanlari doktori, professor; Namozov Jo‘rabek Abduazizovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati er resurslaridan qishloq xo‘jaligida oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati er fondi toifa va turlari tarkibini o‘zgarish darajasi hamda antropogen yuk ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lish, o‘zgarish dinamikasi va baholash usullari takomillashtirilgan;
viloyatda sug‘oriladigan erlarning demografik, agroirrigatsion, agrokimyoviy, agrotexnik taʼsir turlariga chidamlilik darajasini hisobga oluvchi hududiy rejalashtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
viloyat er resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishni takomillashtirish maqsadida “Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlari” va “Qashqadaryo viloyati er resurslari” kartalari yaratilgan;
viloyat xo‘jalik toifalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda tuproq bonitet balini hisobga olish, qishloq xo‘jaligida erlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati er resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishning iqtisodiy-geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati er fondi toifa va turlari tarkibini o‘zgarish darajasi hamda antropogen yuk ko‘rsatkichlari, o‘zgarish dinamikasi va baholash usullaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 03-03/3-6271-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat er resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishning so‘ngi 20 yildagi holatini er turlari o‘rtasidagi o‘zgarish va tafovutlari hamda uning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
viloyatda sug‘oriladigan erlarning demografik, agroirrigatsion, agrokimyoviy, agrotexnik taʼsir turlariga chidamlilik darajasini hisobga oluvchi hududiy rejalashtirish sxemasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 03-03/3-6271-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi er turlarini hududiy joylashtirishda tabiiy-iqtisodiy-ekologik omillarni hisobga oluvchi rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyat er resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishni takomillashtirish maqsadida “Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi erlari” va “Qashqadaryo viloyati er resurslari” kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 03-03/3-6271-son ma’lumotnomasi). Natijada, maʼmuriy tumanlar kesimida qo‘shimcha sug‘oriladigan erlar maydonini belgilab olish va er fondidan foydalanish monitoringini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
viloyat xo‘jalik toifalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda tuproq bonitet balining hisobga olish haqidagi takliflari, qishloq xo‘jaligida erlarning meliorativ holati va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan “Qishloq xo‘jaligi erlarini ekologik monitoring qilish Jamg‘armasi”ni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni aholi yashash punktlariga ajratish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 oktyabrdagi 03-03/3-6271-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan.