O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cho‘lpon badiiy ijodining konseptual-estetik asoslari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal72.

Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc/27.06.2017.F.01.15.

Rasmiy opponentlar: Boltaboev Xamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Cho‘lpon ijodiy merosidagi badiiy-estetik kategoriyalarni tizimli-funksional tahlil qilish, adib ijodining shaxs va jamiyat ma’naviy kamolotida tutgan o‘rni va konseptual-estetik asoslarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Cho‘lpon falsafiy tafakkuri va dunyoqarashini ifodalagan badiiy ijodi – she’riyat va publisistika estetika mezonlari kontekstida asoslangan;

shoir she’riyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyati majoziy, romantik, realistik yo‘nalishlar, badiiy-estetik ramzlar vositasida yoritib berilgan;

yozuvchi ijodida adabiyotning ijtimoiy muhit va falsafiy g‘oyalar- aksiologiya, gumanizm paradigmasi, koevolyusiya bilan uyg‘unligi ilmiy asoslab berilgan;

adib faoliyatida estetik ideal kategoriyasi, muayyan badiiy shakl va estetik tuyg‘ularni ob’ektiv voqelikni baholashda asosiy omil bo‘lganligi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Cho‘lpon badiiy ijodining konseptual-estetik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-estetik takliflar asosida:

Cho‘lpon badiiy ijodining estetik mezonlariga oid xulosalarda, shoir she’riyatining ijtimoiy- falsafiy mohiyati majoziy, romantik, realistik yo‘nalishlar, badiiy estetik ramzlar vositasida yoritilganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzuidagi OT-F-1-100 raqamli loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 89-03-1298-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi xalqimiz, jumladan, yoshlarda sof estetik did, go‘zal axloqni shakllantirish hamda badiiy-etetik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;

yozuvchi ijodida adabiyotning ijtimoiy muhit va falsafiy g‘oyalar- aksiologiya, gumanizm paradigmasi, koevolyusiya bilan uyg‘unligi, estetik ideal kategoriyasiga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon yodgorlik muzey bo‘limida qo‘llanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 29 iyundagi 01-11-08-4520-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda milliy g‘urur, estetik idealni shakllantirish, ularning kelajakka ishonchini mustahkamlash, estetik qarashlarini o‘rganish Cho‘lpon muzeyiga tashrif buyurganlarning adib ijodini o‘rganishida ilmiy-amaliy natija bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish