Erejepova Bibisara Abibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
  

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy xizmatlar sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3430.
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Safarov Farxod Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
   maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi xizmatlari sifatini baholashga yondashuv xizmat ko‘rsatishni muddatida amalga oshirishda ijtimoiy va iqtisodiy mas’uliyat uyg‘unligi (mas’uliyat) hamda ishonchli ijtimoiy munosabatning iqtisodiy natija bilan uyg‘unligi (ishonchlilik) kabi ijtimoiy guruhlarga ko‘ra takomillashtirish taklif etilgan;
maishiy xizmatlar sifatini nazorat qilish algoritmi (jarayoni) xizmatlar sifati pasayishiga ta’sir etuvchi tashkiliy-boshqaruv jarayoni va iste’molchilarning xizmatlar sifati va xizmat ko‘rsatishda differensial  talablariga ko‘ra takomillashtirilgan;  
korxonada maishiy xizmatlar sifatini boshqarish tizimi ichki sifat auditiga ko‘ra iste’molchi talabini qondirishda xizmatlar hajmi va sifatini tizimli baholash, yuqori naflilikka ega xizmatlarni loyihalashtirish va uni realizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida maishiy xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari hamda maishiy xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
 Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi xizmatlari sifatini baholashga yondashuv xizmat ko‘rsatishni muddatida amalga oshirishda ijtimoiy va iqtisodiy mas’uliyat uyg‘unligi (mas’uliyat) hamda ishonchli ijtimoiy munosabatning iqtisodiy natija bilan uyg‘unligi (ishonchlilik) kabi ijtimoiy guruhlarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif mintaqadagi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2024-2025 - yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi RS/09-07/50/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmatlar sifatini tavsiflanayotgan xususiyatlarining tarkibi bo‘yicha baholash ko‘lamini aniqlashga ko‘ra xizmatlar sifati va samaradorligini muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan;
maishiy xizmatlar sifatini nazorat qilish algoritmi (jarayoni) xizmatlar sifati pasayishiga ta’sir etuvchi tashkiliy-boshqaruv jarayoni va iste’molchilarning xizmatlar sifati va xizmat ko‘rsatishda differensial  talablariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2024-2025- yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi RS/09-07/50/1-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish iste’molchilarning maishiy xizmatlar sifati va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi bo‘yicha e’tirozlariga olib keladigan sabablarni oldindan bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
korxonada maishiy xizmatlar sifatini boshqarish tizimi ichki sifat auditiga ko‘ra iste’molchi  talabini qondirishda xizmatlar hajmi va sifatini tizimli baholash, yuqori naflilikka ega xizmatlarni loyihalashtirish va uni realizatsiya qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif mintaqadagi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2024-2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi RS/09-07/50/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish asosida ularning raqobatdosh ustunliklarini oshirish imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida maishiy xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari hamda maishiy xizmatlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mintaqada maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturlari va konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi RS/09-07/50/1-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifdan foydalanish maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi kichik biznes subektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi va mehnat unumdorligini muayyan darajada oshirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish