Saloxitdinov Sherzod Farxodovichning 
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash tizimining rivojlanishi”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2910.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmuradovna, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni isloh qilish va transformatsiya qilish sharoitida oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash tizimining rivojlanishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozorini boshqarish va oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash yondashuvi ta’lim tizimining milliy va xalqaro darajadagi raqobatbardoshligida bitiruvchilar sifat tayyorgarligi individualligini e’tiborga olgan holda takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
viloyatda oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash tizimi va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni e’tiborga olgan holda rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
uzoq muddatli prognoz davri parametrlariga erishishda, jumladan investisiyalar hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy byudjet mablag‘laridan subsidiyalash amaliyotini kengaytirish va tadbirkorlikni mahallalarda qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra ishlab chiqarishni kengaytirishni amalga oshirish asoslangan;
oliy ta’lim muassasasi sifat ko‘rsatkichlarining xalqaro standartlar talablariga muvofiqlik darajasini baholash yondashuvi, zamonaviy o‘qitishni xalqaro talablarga moslashtirishga ko‘ra tashkil qilish va talabalar bilimi sifatini samarali milliy ta’lim tizimi mexanizmiga ko‘ra baholashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash tizimining rivojlanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat bozorini boshqarish va oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash yondashuvi ta’lim tizimining milliy va xalqaro darajadagi raqobatbardoshligida bitiruvchilar sifat tayyorgarligi individualligini e’tiborga olgan holda takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 03/17-4/4-1311-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligiga ko‘ra ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifni muvofiqlashtirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
viloyatda oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash tizimi va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni e’tiborga olgan holda rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari Jizzax viloyati hokimligi tomonidan “Jizzax viloyati ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2024-yil 16-apreldagi 05-385-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish istiqbolda viloyatda oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirgan holda mehnat bozori ehtiyojlari uchun kelgusida raqobatbardosh mutaxassislar uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
uzoq muddatli prognoz davri parametrlariga erishishda, jumladan investisiyalar hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy byudjet mablag‘laridan subsidiyalash amaliyotini kengaytirish, tadbirkorlikni mahallalarda qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra ishlab chiqarishni kengaytirishni amalga oshirish taklifi Jizzax viloyati hokimligi tomonidan “2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi” asosida “Jizzax viloyati ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2024-yil 16-apreldagi 05-385-son, ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish istiqbolda viloyatda oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish va mintaqada ish o‘rinlari mutanosibligini ta’minlashning asosiy omillarini aniqlagan holda mehnat bozorining bitiruvchilarni qabul qilish darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasi sifat ko‘rsatkichlarining xalqaro standartlar talablariga muvofiqlik darajasini baholash yondashuvi zamonaviy o‘qitishni xalqaro talablarga moslashtirishga ko‘ra tashkil qilish va talabalar bilimi sifatini samarali milliy ta’lim tizimi mexanizmiga ko‘ra baholashni hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarida 2022-2023-yillarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 03/17-4/4-1311-son ma’lumotnomasi). Taklif viloyat oliy ta’lim muassasalari kesimida ta’lim xizmatlari bozorining miqdor va sifat talablarini inobatga olgan holda talabalarning sifatli ta’lim olish jarayonini nazorat qilish, shuningdek talabalarning ta’lim muassasasida o‘qish bilan birgalikda kasbiy ko‘nikmalarni egallashiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish