Pirova Rashida Qudratovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimini moslashuvchan boshqaruv tizimining adaptiv modellari”, 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T907.
Ilmiy rahbar: Yakubov Sabir Xalmuradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Doshanova Malika Yuldashovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini mavsumiy saqlash jarayonlarini adaptiv modellarini takomillashtirish, algoritmlarini ishlab chiqish va ular asosida mikroiqlimni moslashuvchan boshqaruv tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalari infratuzilmasida o‘lchov qurilmalari va boshqaruv operatori o‘rtasida axborot almashish jarayonlarining, hamda mahsulotlarning o‘ziga xos tez buziluvchanlik xususiyatlarini tahlil qilish asosida ko‘p parametrli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborxonalari mikroiqlimini boshqarish tizimi ma’lumotlariga intellektual ishlov berish hisobiga takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini omborxonalarda mavsumiy saqlash jarayonlarini boshqarish tamoyillari va mezonlarini shakllantirish asosida omborxona mikroiqlimni tashkil etuvchi faktorlarni klassifikatsiyalash va mahsulotlarni saqlash omborlarida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlarining adaptiv modeli regression tenglamalar ko‘rinishida kichik kvadratlar usulida ishlab chiqilgan;
tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimi rejimlarining o‘lchov qurilmalari yordamida kuzatiluvchanlik shartlarini shakllantirish asosida omborxona mikroiqlimini dinamik ravishda o‘zgarib borishini kuzatuvchi o‘lchov qurilmalarini omborxona perimetri bo‘ylab joylashtirish algoritmi mahsulot turi, hajmi, saqlash muddatiga muvofiq ishlab chiqilgan;
moslashuvchan boshqaruv tizimida modellarni umumlashtirish hamda dasturiy majmuasi asosida turli hajmlardagi tez buziluvchi sabzavotlar saqlash omborlarining harorat-namlik rejimlarini boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini mavsumiy saqlash omborxonalari mikroiqlimini moslashuvchan boshqaruv tizimining adaptiv modellari, algoritmlari va dasturiy majmuasi asosida:
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini mavsumiy saqlash omborxonalari mikroiqlimini ta’minlash jarayonlarini modellari va harorat-namlikni boshqarish usullari Qashqadaryo viloyati “Kifti-ob mevalari” MChJ ga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 27-oktyabrdagi № 01/1779 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimi harorat va namlik rejimini moslashuvchan boshqaruv tizimining modellari va adaptiv boshqaruv tizimini joriy etish samaradorlik koeffisenti En=0,15 bo‘lganda 302575 ming so‘m yillik iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
meva va sabzavotlar saqlash omborxonasida saqlab ishlab chiqarish jarayoniga namlantirish moslamasi tizimi va havo shamollatish moslamasi tizimiga ega texnologik qurilmasi Qashqadaryo viloyati “Tagob mevalari nur” MChJ ning meva va sabzavotlar saqlash omborxonasiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 27-oktyabrdagi № 01/1779 sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli hajmlardagi sabzavotlar omborlarida tez buziluvchi mahsulotlarni saqlash mikroiqlimini nazorat qilish va boshqaruv tizimini joriy qilish saqlanadigan mahsulotning muddatini 12% ga oshishi imkonini bergan;
tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash mikroiqlimini boshqarish infratuzilmasida axborot almashish va ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlarining adaptiv modellari va boshqaruvni ta’minlovchi dasturiy majmua Qashqadaryo viloyati Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligining meva va sabzavotlar saqlash omborxonasiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yil 27-oktyabrdagi № 01/1779 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini mavsumiy saqlash omborxonalari mikroiqlimini mahsulot turiga muvofiq holda ta’minlash tez buziluvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan xolda saqlash muddatini 7-8% ga, sof foyda miqdorini 1,07 baravarga oshirish imkonini bergan.