Raxmanov Anvarjon Tojiboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dispers muhitlar parametrlarini nazorat qilish uchun zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartkichini ishlab chiqish va uni tayyorlash texnologiyasi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/ T144.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Baxrom Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.28.02.2018.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zaynidinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdukadirov Muxiddin, texnika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Boymuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zondli yarimo‘tkazgich nanoo‘zgargichlari asosida dispers muhit nazorat tizimlari uchun ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rnatilgan harorat gradatsiyasi asosida yarimo‘tkazgich strukturasiga kirishma atomlarini kiritishning effektiv usuli ishlab chiqilgan;
zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartgichlarning konstruktiv elementlarini hisobga olgan holda statik va aniqlik xarakteristikalarini tahlil qilishga imkon beradigan zondli yarimo‘tkazgich nanoo‘zgartkichlarni statik va dinamik xarakteristikalari ishlab chiqilgan;
zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartgichlarning o‘lchash xatoliklarini sinflash imkoniyatini beradigan va ularni ta’sirini baholay oladigan algoritm modellari ishlab chiqilgan;
zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartkichlarni qurishning asosiy prinsiplpri va matematik modellarini yaratilgan;
yarimo‘tkazgich yuzasida nanoklasterlarni bir jinsli taqsimlanish prinsiplari va ularning o‘lchamlari, tarkibini boshqarish ishlab chiqilgan;
zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartgichlarning sezgirligi va statik xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqliligi mezonlari bo‘yicha parametrik loyihalash usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
dispers muhitlar parametrlarini nazorat qilish uchun zondli yarimo‘tkazgich o‘zgartgichlar asosida mikroprotsessorli qurilma yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
zondli yarimo‘tkazgich nanoo‘zgargichlari asosida dispers muhit nazorat tizimlari uchun ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yarimo‘tkazgichli nanoo‘zgartgichlar asosida ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligining ixtiroga patenti olingan («Tolali materiallar va dispers muhit temperaturasi va namligini o‘lchash qurilmasi» №IAR 05156 2016 y.). Ishlab chiqilgan zondli yarimo‘tkazgich nanoo‘tkazgichlari asosida ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmasi tolali materiallar va dispers muhit harorati va namligini o‘lchash imkonini bergan;
yarimo‘tkazgichli nanoo‘tkazgichlar asosida ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmasi don saqlash inshoatlarda bug‘doy mahsulotlarini harorati va namligini nazorat qilish uchun joriy qilingan («GALLA-ALTEG» ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 4 maydagi 02/640-sonli ma’lumotnomasi). Ishlanmani joriy qilish don mahsulotlari saqlashning stabil sharoitlarini ta’minlash evaziga ularning sifatini saqlab qolish va isrof bo‘lmasligi imkonini yaratgan;
yarimo‘tkazgichli nanoo‘tkazgichlar asosida ko‘p funksiyali o‘lchash qurilmasi texnologik qayta ishlashda yarimo‘tkazgichli murakkab strukturali eritmalarni tayyorlashda qo‘llanilgan («OZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yil 4 maydagi 02-662-sonli ma’lumotnomasi). Ishlanmani joriy qilish elektron o‘lchash asboblarining elementlarini tanlash vaqtini ikki barobar qisqartirish imkonini bergan.