Juraxanov Xamidullo Xojimirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqaoldi texnik-taktik tayyorgarligini rejalashtirish”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4240.
Ilmiy rahbar: Azizov Nosirjon Nematillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Qochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali erkin kurashchilarning musobaqa oldidan texnik-taktik tayyorgarligini rejalashtirishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligini o‘z vazniga teng keragidan yuqori ko‘rsatkich (ball) olishi evaziga muvaffaqiyatli hujumlar oralig‘idagi vaqt ko‘rsatkichlarini imperik aniqlash asosida maksimal va submaksimal yuklamaga moslashish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqa faoliyatida hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarini qayd etishga asoslangan joriy baholash shkalasini ballar olishning xronometrik tartiblashtirish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarligini aniqlash algoritmi takomillashtirilgan;
yuqori malakali erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlovchi maxsus baholash shkalasi mashg‘ulot muddatiga ta’sir etuvchi beshta (yuqori, yuqoridan past, o‘rta, o‘rtadan past, past) darajaga ajratish evaziga tayyorgarlikning o‘sish dinamikasini monitoring qilish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali erkin kurashchilarining musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida texnik-taktik harakatlarini (hujum, himoya, qarshi hujum) shaklida tabaqalashtirish evaziga harakatlarni ishonchlik darajasini kompleks nazorat qilish mexanizmini o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilish amaliyotida musobaqaoldi harakatlarni baholash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali erkin kurashchilarning musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish orqali erishilgan samaragali natijalarni hisobga olish va tahlil qilishning yagona tizimi asosida:
yuqori malakali erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun muvaffaqiyatli hujumlar oralig‘idagi vaqt ko‘rsatkichlarini imperik aniqlash asosida maksimal va submaksimal yuklamaga moslashish imkoniyati kengaytirilgan hamda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va o‘rta maxsus vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0817-son guvohnomasi). Natijada Namangan viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi kurashchilarning jismoniy sifatlari kuch sifati 12,9% ga, chidamlilik sifati 13,4% ga, tezkorlik sifati 15,4% ga oshgan;
yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqa faoliyatida hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarini qayd etishga asoslangan umumiy va joriy baholash shkalasini tartiblashtirish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarligini aniqlash algaritmi evaziga musobaqaoldi faoliyatida monitoring (yutuq va kamchiliklarni) qilish yuzasidan taklif va Namangan viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi erkin kurash mashg‘uloti jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 03-01/04/20/8624-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqa faoliyatini takomillashtirish, bu esa hujum harakatlari 12,8% ga, himoya harakatlari 9,7% ga, qarshi hujum harakatlari esa 10,7 ga yaxshilangan;
yuqori malakali erkin kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarlik darajasini aniqlovchi maxsus beshta darajadagi (yuqori, yuqoridan past, o‘rta, o‘rtadan past, past) baholash shkalasi ishlab chiqish hisobiga tayyorgarlikning o‘sish dinamikasini nazorat qilishning yangi modulini tavsiflarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti erkin kurash terma jamoasining mashg'ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 03-01/04/20/8624-son ma’lumotnomasi). Natijada Kurashchilarning jismoniy sifatlaridan kuch sifati 12,9% ga, chidamlilik sifati 13,4% ga, tezkorlik sifati 15,4% ga oshgan;
yuqori malakali erkin kurashchilarining musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida texnik-taktik harakatlarini tabaqalashtirish (hujum, himoya, qarshi hujum) evaziga harakatlarni ishonchlik darajasini kompleks nazorat qilish mexanizmini o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilish hisobiga, hujum darajasi ko‘rsatkichlari, kompleks nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim va o‘rta maxsus vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan 302-0817-son guvohnomasi). Natijada erkin kurashchilarni texnik taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda monitoring qilish asosida rejalashtirishb samaradorligi asoslangan.