Maxsumov Islomjon Adil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchilar maxsus chaqqonligini innovatsion texnologiyalar orqali majmuaviy rivojlantirish”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘omlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped837.
Ilmiy rahbar: Nurimov Rahmonberdi Igamberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Talipdjanov Asqar Imamjanovich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik siklning tayyorgarlik bosqichlarida turli yosh guruhlaridagi yosh futbolchilar maxsus chaqqonligini rivojlantirishning samarali vositalari va uslublarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarning maxsus chaqqonligini nazorat qilish va baholash uchun murakkab koordinatsion mashqlarni o‘rgatishda radiotelemetriya uskunasi yordamida o‘quv-mashg‘ulot jarayonining turli bosqichlarida qo‘llaniladigan vositalar va usullarning samaradorligini ishonchli, informativ va obektiv testlar yordamida aniqlash hisobiga maxsus chaqqonlik sifati rivojlantirilgan;
yosh futbolchilarning taktik fikrlash qobiliyatini baholash uchun ishlab chiqilgan innovatsion elektron testlash kompyuter dasturi asosida taktik fikrlash ko‘rsatkichlari va texnik taktik harakatlarni bajarish ko‘rsatkichlari o‘rtasida ijobiy bog‘liqligini aniqlash hisobiga mashg‘ulot samaradorligi oshirilgan;
14-15 yoshdagi yosh futbolchilarning chaqqonligini rivojlantirishda (sensetiv) davrlarini aniqlash orqali mashg‘ulot ta’sirining natijasida tezlik bo‘yicha koordinatsion murakkab vazifalarni bajarishda va harakat aniqligini talab qiladigan vazifalarni ko‘proq namoyon qilib, vaqt uchun bajariladigan taktik vazifalarni hal qilishda kamroq namoyon bo‘lishini aniqlash hisobiga o‘yin natijadorligi oshirilgan;
yosh futbolchilarning maxsus chaqqonligini rivojlantirish usullari va vositalari bir vaqtning o‘zida musobaqa faoliyati jarayonida texnik va taktik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladigan turli guruhlarda koordinatsion murakkablik darajasiga ko‘ra (oddiy murakkablikda 30%, o‘rta murakkablikda 60%, yuqori murakkablikda 90%) rivojlantirish uslubiyatini ishlab chiqish hisobiga maxsus chaqqonlikni oshirish imkoniyati kengyatirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yosh futbolchilar maxsus chaqqonligini innovatsion texnologiyalar orqali majmuaviy rivojlantirish” mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy va amaliy tavsiyalar amaliyotga tadbiq etishdan kelib chiqqan holda  quyidagi natijalar qayd etildi va ular futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etildi:
yosh futbolchilarning maxsus chaqqonligini nazorat qilish va baholash uchun murakkab koordinatsion mashqlarni o‘rgatishda radiotelemetriya uskunasi yordamida o‘quv-mashg‘ulot jarayonining turli bosqichlarida qo‘llaniladigan vositalar va usullarning samaradorligi ishonchli, informativ va obektiv testlar yordamida aniqlash bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya kolleji, Toshkent tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Toshkent shahridagi “Do‘stlik” futbol klubidagi yosh futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jaroyoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022 yil 6-iyundagi 06-13/2285-son ma’lumotnomasi). Natijada ishonchlilik va informativlik yugurish testlarida r = 0,94, harakatlarning aniqligida r = 0,84,  taktik muammolarni hal qilishda r = 0,78 koeffisientiga yaxshilangan;
yosh futbolchilarning taktik fikrlash qobiliyatini baholash uchun ishlab chiqilgan innovatsion elektron testlash kompyuter dasturi asosida taktik fikrlash ko‘rsatkichlari va texnik taktik harakatlarni bajarish ko‘rsatkichlari o‘rtasida ijobiy bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya kolleji yosh futbolchilarning amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 6-iyundagi 06-13/2285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh futbolchilarning maxsus chaqqonligining barcha parametrlari bo‘yicha ishonchlilik koeffisientining o‘sishi yugurish testlarida t = 4,80 ga; harakatlarning aniqligida t = 3,21 ga; taktik muammolarni hal qilishda t = 2,15 ga oshgan;
14-15 yoshdagi yosh futbolchilarning chaqqonligini rivojlantirishda (sensetiv) davrlarini aniqlash orqali mashg‘ulot ta’sirining natijasida tezlik bo‘yicha koordinatsion murakkab vazifalarni bajarishda va harakat aniqligini talab qiladigan vazifalarni ko‘proq namoyon qilib, vaqt uchun bajariladigan taktik vazifalarni hal qilishda kamroq namoyon bo‘lishi aniqlash bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya kolleji yosh futbolchilariga tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 6-iyundagi 06-13/2285-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa jarayonida asosiy texnik-taktik harakatlar samaradorligi: qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatish 19,9% ga, uzoq masofaga to‘p uzatish 21,1% ga, to‘pni olib yurish 15% ga, to‘pni olib qo‘yish 11,2% ga, to‘pni oldinda olib qo‘yish (perexvat) 14,% ga, aldash (dribling, fint) 9,5% ga, bosh bilan o‘ynash 10% ga, darvozaga zarba berish 21,2% ga oshgan;
yosh futbolchilarning taktik fikrlash qobilyatini baholash uchun innovatsion elektron testlash kompyuter dasturi ishlab chiqildi va Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya kolleji, Toshkent viloyati Toshkent tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Toshkent shaxridagi “Do‘stlik” futbol klubi yosh futbolchilarining o‘quv-mashg‘ulot jaroyoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi 2022-yil 6-iyundagi 06-13/2285-son ma’lumotnomasi). Natijada taktik muammolarni hal qilishda ballar soni bo‘yicha t = 3,90 ga, hal qilish vaqti bo‘yicha (soniya) t = 2,15 ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish