Axmedov Fazliddin Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polifenol birikmalar ta’sirida silliq muskul hujayralari funksional faolligi modulyasiyasini tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B688.
Ilmiy rahbar: Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Mamajanov Muxtorjon Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Esimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Euphorbia farnchetii turiga mansub o‘simliklardan ajratib olingan 1-O-galloil-6-O-bisgalloil-2,4-valoneil-β-D-glyukoza (PS-1), 1-O-galloil-2,3-geksagidroksidifenoil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza (PS-2) va 1,4,6 tri-O-galloil-2,3-valoneil-β-D-glyukoza (PS-3) polifenol birikmalarining aorta silliq muskuli preparatiga vazorelaksant ta’sir mexanizmilarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalarining vazorelaksant faolligi va bu faollikning asosida yotuvchi asosiy molekulyar mexanizmlar tavsiflangan;
PS-1ning glyukoza uglerod (2,4) atomidagi valoneil (C21O15H14) guruhini (4,6)ga almashinishi va glyukoza uglerod (6) atomidagi bisgalloil (C14O9H10) o‘rniga uglerod (2,3) atomlarida geksagidroksidifenoil (C14O10H10) guruhining kiritish natijasida hosil qilingan PS-2ning vazorelaksant faolligini ortishi asoslangan;
PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalarining vazorelaksant ta’siri ularning kimyoviy strukturasi va qo‘llanilgan dozalariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalari silliq muskul hujayralarining ichki [Ca2+]in ionlari miqdorini kamaytirishi orqali vazorelaksant ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalarining ichki [Ca2+]in ionlari miqdorini kamaytirishi bilan bog‘liq vazorelaksant ta’siri, silliq muskul hujayralari plazmolemmasi orqali Ca2+-ionlarini kirishini susaytirishi hisobiga ta’minlanib, bu jarayonda asosan reseptor va potensialga bog‘liq Ca2+-kanallari hamda Na+/Ca2+-almashinuvchi tizimlar ishtrok etishi aniqlangan;
Sarkoplazmatik retikulum (SR) Ca2+-tashish tizimlari orqali Ca2+-ionlari tashilishining PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalari tomonidan modifikatsiyalanishi bu ularning vazorelaksant ta’siri asosida amalga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PS-1, PS-2 va PS-3 polifenol birikmalarining vazorelaksant ta’sir mexanizmlarini tavsiflash va ularning tahlili hamda farmakologik preparatlar ishlab chiqish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yurak-qon tomir tizimining tuzilishi va umumiy fiziologiyasi, qon tomirlar faoliyatining umumiy qonunyatlari, boshqarilishi va organlarda qon aylanishiga oid ma’lumot va xulosalar asosida “60510100-biologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Yurak-qon tomir tizimi fiziologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi №429-71 nashr ruxsatnomasi). Natijada, bakalavryat ta’lim yo‘nalishi talabalarining yurak-qon tomir tizimi fiziologiyasi sohasidagi bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
Euphorbia franchetii turiga mansub o‘simliklardan ajratib olingan 1-O-galliol-6-O-bisgalliol-2,4-valoneil-β-D-glyukoza, 1-O-galloil-2,3-geksagidroksi-difenoil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza va 1,4,6 tri-O-galloil-2,3-valoneil-β-D-glyukoza polifenollarining vazorelaksant ta’siri natijasida Surgut davlat universitetining «Texnologii virashhivaniya i izvlecheniya biologicheski aktivnix soedineniy severnix yagodnix kul`tur i lekarstvennix trav (YugraBioFarm)» loyihasida yoshga bog‘liq yurak qon-tomir kasalliklarda polifenollarning vazorelaksant ta’sir mexanizmlarini yoritishda va muhim biologik faollikka ega tabiiy polifenollarni aniqlashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2023 yil 17 apreldagi 03-01/127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda kardiovaskulyar ta’sirga ega yuqori samarali dorivor preparatlar yaratish imkonini bergan.