Saydalieva Nodira Kaxxarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy ang‘izida beda etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Qx525.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida erlardan unumli foydalanish, bir daladan ikki hosil olish, bug‘doy doni va em-xashak etishtirish hajmini ko‘paytirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida kuzgi bug‘doy ang‘izida unib chiqqan bug‘doy orasiga bedani ekish me’yor va muddatlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi-soz tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy ang‘izida tabiiy to‘kilgan bug‘doy orasiga bedani ekish me’yorlari va muddatlari ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doy don hosilini o‘rish davrida tabiiy to‘kilgan dondan ang‘izda 2,7-2,8 mln dona bug‘doy maysasi, yozgi va qishqi muddatlarda ekilgan bedadan 1,7 mln dona urug‘i unib chiqishi hamda bir yilda ikki marta boshoqli don va em-xashak hosili etishtirish mumkinligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy don hosili to‘kilishidan ang‘izda unib chiqqan bug‘doydan 41,1-41,5 s/ga don hosili olinishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy ang‘izida bug‘doy orasiga beda urug‘i yozgi muddatda 15 avgustda 22 kg/ga ekilganda 5 marta o‘rilib, birinchi yili 228,7 s/ga, ikkinchi yili 240,1 s/ga, qishki muddatda 15 fevralda 22 kg/ga ekilganda birinchi yili 225,8 s/ga, ikkinchi yili 256,0 s/ga pichan hosili olish ilmiy asoslangan;
kuzgi bug‘doy ang‘izida tabiiy to‘kilgan dondan unib chiqqan bug‘doy orasiga beda urug‘i yozgi muddatda 15 avgustda ekilganda tuproqning 0-100 sm qatlamida 220,1-339 s/ga, qishki muddatda 15 fevralda ekilganda 225,4-367,4 s/ga ildiz-ang‘iz qoldirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining och tusli o‘tloqi-soz tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy ang‘izida tabiiy to‘kilgan bug‘doy donlari unib chiqqan bug‘doy orasiga bedani ekish me’yori va muddatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
“Kuzgi bug‘doy ang‘izida beda etishtirish agrotexnologiyalari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi 07/21-21-08/772-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari uchun kuzgi bug‘doy ang‘izida beda etishtirishda qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda.
Kuzgi bug‘doy ang‘iziga to‘kilgan don maydoni 5-8 sm chuqurlikda engil borona qilinib, beda urug‘ini yozgi muddatda 15 avgustda 22 kg/ga me’yorda ekish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Dehqon zamini fermer xo‘jaligi 17 gektar maydoniga tadqiqot natijalari asosida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi 07/21-21-08/772-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozgi muddatda beda urug‘i maqbul ekish me’yoriga muvofiq etishtirilganda hosildorlikga erishilib, bedadan birinchi yili 251,6 s/ga, ikkinchi yili 264,2 s/ga pichan hosili olinib, 4399,5 ming so‘m/ga gacha sof foyda olingan.
Kuzgi bug‘doy ang‘iziga tabiiy to‘kilgan dondan unib chiqqan kuzgi bug‘doy orasiga beda urug‘ini qishki muddatda 15 fevralda 18 kg/ga me’yorda ekish texnologiyasi Quva tumani Saloxiddin imkoni fermer xo‘jaligi 15 gektar, Saodatxon Raxmonova fermer xo‘jaligi 12 gektar, Sadriddin Ristaev fermer xo‘jaligi 9 gektar jami 36 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 dekabrdagi 07/21-21-08/772-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan fermer xo‘jaliklarda bedadan har gektardan o‘rtacha birinchi yili 212,7 s/ga gacha, ikkinchi yilda 243,8 s/ga gacha pichan hosili olinib, sof foyda 3636,0 ming so‘m/ga gacha, rentabellik darajasi 3,3-9,5 % yuqori bo‘lganligi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish