Qo‘ziboev Shuxratjon Tursinalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin soyada nitragin va mineral o‘g‘itlar qo‘llashning kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri (Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx735
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Ismoiljon Ibraximjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soya ekinida nitragin qo‘llash va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, don hosili va sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammidagi nitragin bilan inokulyasiya qilish va mineral o‘g‘itlar qo‘llashning kuzgi bug‘doydagi samaradorligi aniqlangan;
takroriy ekin sifatida soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammidagi nitragin bilan inokulyasiya qilib ekilishi o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va quruq massa to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida don hosildorligini nitragin qo‘llanilmagan variantlarga nisbatan 1,1-3,8 s/ga ortishi aniqlangan;
takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan inokulyasiya qilinib, mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 va N60 P90 K60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilishi tuproqning tarkibidagi oziqa moddalarni o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida gumus miqdori dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan uning haydov (0-30 sm) qatlamida 0,028-0,031 foizga, umumiy azot miqdori 0,008-0,010 foizga, umumiy fosfor miqdori esa 0,012-0,014 foizga ortishi aniqlangan;
takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan inokulyasiya qilib, mineral o‘g‘itlarning N60 P90 K60 kg/ga me’yorda qo‘llash orqali kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, barg yuzasining shakllanishi, hosildorligi va donining texnologik sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlari aniqlangan.
kuzgi bug‘doy hosildorligi takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammidagi nitragin bilan inokulyasiya qilinib, mineral o‘g‘itlarning N60 P90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgandan so‘ng 61,7 s/ga bo‘lib, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlari (naturasi 806,4-813,1 g/l, oqsil 14,2-15,0 % va kleykovina 27,9-28,4 %) yaxshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soya ekinida mineral o‘g‘itlar me’yorlari va nitragin qo‘llashning kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida nitragin va mineral o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 sentyabrdagi №04/21-21-05/4879-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyatidagi fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlar qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 44,0 gektar, Izboskan tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 38,0 gektar, jami 82,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 sentyabrdagi №04/21-21-05/4879-son ma’lumotnomasi). Natijada, takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammidagi nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N60 P90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilganda soyadan 25,1-27,0 s/ga don hosili olingan;
takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammidagi nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarning N60 P90 K60 kg/ga me’yorini qo‘llashning kuzgi bug‘doydagi so‘nggi ta’siri Andijon viloyatining Andijon va Izboskan tumanlarida jami 82,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 sentyabrdagi №04/21-21-05/4879-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doydan 57,2-59,0 s/ga don hosili olinib, takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilmasdan o‘g‘isiz parvarish qilingan fonda etishtirilgan kuzgi bug‘doyga nisbatan 9,3-9,8 s/ga miqdorida qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 14,5-16,6 % ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish