Sadullaeva Alfiya Nizamaddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Love/Muhabbat» konseptining lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1992.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytjanov Jetkerbay Eliwbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Teshaboeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor, Xudaybergenov Azamat Abdixalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi «Love/Muhabbat» konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
«Love/Muhabbat» konsepti olamning ingliz va qoraqalpoq lisoniy manzarasida bir-biriga o‘xshash bo‘lgan komponent va ma’nolarga egaligi, olamning milliy manzarasida esa har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishi dalillangan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida muhabbat haqidagi semantik tushunchani aks ettiruvchi naql-maqollarni lisoniy-madaniy xususiyatlarini baholash natijasida «Love/Muhabbat» konseptining taqqoslanayotgan tillardagi umumiy belgilari aniqlangan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi poeziya va proza matnlari lisoniy-madaniy jihatdan ochib berilib, taqqoslanayotgan tillarda «Love/Muhabbat» konseptining emotsional holatini aniqlovchi konseptual maydon yaratilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida «Love/Muhabbat» konseptining leksik-semantik va frazeologik birliklarining izohli lug‘atlardagi komponentlari asosida allomorf va izomorf xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida «Love/Muhabbat» konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish asosida:
«Love/Muhabbat» konsepti olamning ingliz va qoraqalpoq lisoniy manzarasida bir-biriga o‘xshash bo‘lgan komponent va ma’nolarga egaligi, olamning milliy manzarasida esa har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishi dalillanganligiga oid natijalardan 2012-2016-yillarda Qoraqalpog‘iston gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan FA-A1-G003 «Hozirgi zamon qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental tadqiqot loyihasida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 22-maydagi 220/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va qoraqalpoq adabiyotida «Love/Muhabbat» konseptining spesifikatsiyasi va tipologiyasi har tomonlama o‘rganilib, ingliz va qoraqalpoq xalq maqollaridagi muhabbat konseptini qiyosiy o‘rganish orqali tematik guruhlarga ajratilib tahlil qilingan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida muhabbat haqidagi semantik tushunchani aks ettiruvchi naql-maqollarni lisoniy-madaniy xususiyatlarini baholash natijasida «Love/Muhabbat» konseptining taqqoslanayotgan tillardagi umumiy belgilari aniqlanganligi ga oid natijalar 2017-2020-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazilgan «Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasiga bag‘ishlangan» PZ-20170930309 fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yil 25-maydagi 01-21-04/1239-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rganilayotgan ingliz va qoraqalpoq tillarida «Muhabbat» konseptining leksik-semantik va frazeologik birliklarning allomorf va izomorf xususiyatlari aniqlandi, «muhabbat» konseptining lingvomadaniy xususiyatlari ingliz va qoraqalpoq tillaridagi she’riy va badiiy matnlarda emotsional holatini belgilovchi konseptual birliklari tushuntirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi poeziya va proza matnlari lisoniy-madaniy jihatdan ochib berilib, taqqoslanayotgan tillarda «Love/Muhabbat» konseptining emotsional holatini aniqlovchi konseptual maydon yaratilganligiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarix va madaniyat davlat muzeyida o‘tkazilgan ingliz va qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi janrlari bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiyalarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 23-maydagi 2023-yil 194-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilar qoraqalpoq tilidagi muhabbat tushunchasini ochib berish, ta’riflashda ko‘plab maqollarni ingliz tiliga tarjima qilishdagi nazariy mazmuni, konseptning tuzilishi va xususiyatlari ochib berildi;
ingliz va qoraqalpoq tillarida «Love/Muhabbat» konseptining leksik-semantik va frazeologik birliklarining izohli lug‘atlardagi komponentlari asosida allomorf va izomorf xususiyatlar aniqlanganligiga oid tavsiyalar “Qoraqalpog‘iston”  teleradiokanalining «Kúsh bilimde» ko‘rsatuvi orqali ilmiy-tadqiqot institutlari va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng xalq ommasiga tatbiq etildi va ijobiy natijalarga erishildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023 yil 3 iyuldagi 05-22/316-son ma’lumotnomasi). Natijada «Love/Muhabbat» tushunchasi to‘g‘risida ingliz va qoraqalpoq lingvomadaniyatida «muhabbat» konseptining tahlili, metodikasi va asosiy nazariy mazmuni haqida to‘liq ma’lumotlar etkazilib, badiiy va she’riy asarlarda ulug‘lanishi va uning oilaviy hayotda katta ahamiyat kasb etishini singdirishning imkoniyatlari vujudga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish