Tallibaev Umidjon Shergazievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirish”, 12.00.02 -“ Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu730.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Kuvonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdimuratova Gulnaz Murat qizi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborot sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning qadr-qimmati yoki obro‘sini kamsitishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash zarurati asoslab berilgan;
jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soladigan, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zarurati asoslab berilgan;
idoralararo axborot almashinuvi yo‘li bilan ma’muriy masalalarga oid axborotni elektron shaklda to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va himoya qilish zarurligi asoslab berilgan;
ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlash uchun huquqbuzarga sud qarorining aniq raqami va jarima miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda uning telefoniga SMS orqali xabardor qilish zarurati asoslangan;
huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli bo‘lgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi) ma’muriy bayonnomaga yoki ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga to‘g‘ri kiritish borasida vakolatli organ (mansabdor shaxs) xodimining shaxsiy javobgarligi belgilash zarurati asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
shaxsning qadr-qimmati yoki obro‘sini kamsitishga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlarni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Jinoyat-protsessual kodekslari va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-658-son Qonuni 3-moddasi 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Qo‘mitasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 04/10-10-56-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali jabrlangan shaxslar haqida ma’lumotni qasddan buzib ko‘rsatayotgan shaxslarga qarshi huquqiy ta’sir choralarni kengaytirishga huquqiy asos yaratgan;
jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soladigan, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zarurligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Jinoyat-protsessual kodekslari va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-658-son Qonuni 3-moddasi 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Qo‘mitasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 04/10-10-56-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soladigan faktlar va holatlar to‘g‘risida qasddan noto‘g‘ri axborotni bergan shaxslarga qarshi huquqiy ta’sir choralarni ko‘rish uchun huquqiy asos yaratgan;
idoralararo axborot almashinuvi yo‘li bilan ma’muriy masalalarga oid axborotni elektron shaklda to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va himoya qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyul kunidagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi Nizomning 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 12-15-90-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan to‘plangan ma’lumotlarning aylanish tartibini takomillashtirishishiga va shu orqali axborot sohasidagi huquqbuzarliklarni uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashishiga xizmat qilgan;
ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlash uchun huquqbuzarga sud qarorining aniq raqami va jarima miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda uning telefoniga SMS orqali xabardor qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyul kunidagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida”gi Nizomning 30-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 12-15-90-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan shaxslarni o‘z vaqtida xabardor qilish va ular tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda jarimani ijrosi bajarilishini ta’minlashga huquqiy asos yaratgan;
huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli bo‘lgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi) ma’muriy bayonnomaga yoki ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga to‘g‘ri kiritish borasida vakolatli organ (mansabdor shaxs) xodimining shaxsiy javobgarligi belgilash zarurligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyul kunidagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida”gi Nizomning 57-bandini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 12-15-90-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi vakolatli organ (mansabdor shaxslar) xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yurituvida aniqlik va samaradorlikka erishish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnoma va ma’muriy jazo tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarni sifatli rasmiylashtirilishida mansabdor shaxslarga mas’uliyat belgilanishi uchun huquqiy asos yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish