Allayorov Davronjon Shamsiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoplamali va yarim qoplamali sug‘orish kanallarining gidravlik hisobini takomillashtirish”, 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4029
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fatxulloev Alisher Mirzotilloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar:
1.    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi texnologiyasi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. Fayziev Xomitxon (05.09.06),
2.    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “Suyuqlik, gaz va gidrouzatish tizimlari mexanikasi” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Malikov Zafar Mamatqulovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zan gruntining mexanik xususiyatlari va oqim kinematikasini inobatga olib qoplamali kanallarning gidravlik parametrlarini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yarim qoplamali kanallarda oqim kinematik parametrlarining o‘zgarishini inobatga olib gidravlik hisoblash usuli takomillashtirilgan;
yarim qoplamali kanallarda o‘zan morfometrik parametrlarini inobatga olib gidravlik qarshiliklarni hisoblash usuli takomillashtirilgan;
qoplamali kanallarda o‘zanni tashkil etuvchi grunt xususiyatlarini inobatga olib samarali gidravlik parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
qoplamali va yarim qoplamali kanallarning optimal gidravlik parametrlarini hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoplamali va yarim qoplamali sug‘orish kanallari gidravlik hisobini o‘zan gruntining mexanik xususiyatlari va oqim kinematikasini inobatga olib takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yarim qoplamali sug‘orish kanallarida oqim kinematikasining o‘zgarishini inobatga olib gidravlik qarshiliklarni kanal nisbiy kengligiga bog‘liq holda hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Katta Farg‘ona» magistral kanaliga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 oktyabrdagi №-03/37-3162-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 06.12.2022 yildagi  DGU 20003 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘zgarmas o‘zan shaklidagi gidropostlarda suv sarfini aniq hisoblash imkoniyati yaratilgan;
qoplamali sug‘orish kanallarining gidravlik parametrlarini o‘zanni tashkil etuvchi gruntning mexanik xususiyatlarini, suv sarfi va uning chuqurligiga bo‘lgan texnik talabni inobatga olib hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Xorazmsuvloyiha» MChJ tomonidan Angarik kanalini loyihalashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 oktyabrdagi №-03/37-3162-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 22.11.2021 yildagi DGU 13170 raqamli guvohnomasi). Natijada, loyqa va suv uzatish qobiliyati yuqori bo‘lgan, gidravlik samarador sug‘orish kanallarini loyihalash usuli yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish