Mamarizaev Xayrullo Obidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi aholi o‘lim ko‘rsatkichlariga gigienik va ekologik omillarni ta’siri», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib625.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent ibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayziboev Pirmamat Normamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati aholisining o‘lim dinamikasi va umr ko‘rish davomiyligiga ekologik va gigienik omillar ta’sirini o‘zgarish qonuniyatlari hamda ta’sir qiluvchi turli omillarga bog‘liqligini asoslashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatida aholining umr ko‘rish davomiyligiga gigienik va ekologik omillar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi, suvning kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining salbiy ta’siri isbotlangan;
birinchi marotaba Farg‘ona viloyati aholisini o‘lim va kelgusi o‘rtacha umr ko‘rishining tibbiy, ijtimoiy va demografik jihatlari maxsus usul yordamida amalga oshirish asoslangan;
Farg‘ona viloyati shahar va qishloq aholisining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi salbiy omillar, rivojlanadigan kasalliklar ijtimoiy gigienik jihatdan aniqlangan;
kattalar o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hozirgi holati va asosiy tendensiyalari, shahar va qishloq aholisining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzini hisobga olgan holda o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03/086-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasiining 2024 yil 5 fevraldagi 09-13306-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona viloyatida aholining umr ko‘rish davomiyligiga gigienik va ekologik omillar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi, suvning kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgarishining salbiy ta’siri isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 9-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatida aholining umr ko‘rish davomiyligiga atmosfera havosi tarkibidagi turli kimyoviy moddalar miqdorining ortiqchaligi, tuproqning tarkibidagi turli ortiqcha miqdordagi pestisidlar miqdori aholining kasallanish darajasiga ta’sirining ortishi, nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini rivojlanishga, suvning kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini natijasida oshqozon ichak va ayiruv tizimi kasalliklarining rivojlanishga salbiy ta’siri bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Farg‘ona viloyatida aholining umr ko‘rish davomiyligiga gigienik va ekologik omillar ta’sirida moddalarning aholining kasallanish darajasi kamaytirish va davolash uchun terapevtik kasalliklarni, ya’ni, nafas olish, yurak-qon tomir, oshqozon ichak tizimi kasaliklarini samarli davolashda dastlabki bosqichda bir nafar bemor uchun 130000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra turli terapevtik kasalliklar natijasida 1 kun davolanish 130000 so‘mni, jarrohlik tizimi kasalliklari uchun 140000 so‘mni, xo‘jalik hisobida davolash uchun bir nafat bemor uchun bir kunga 150000 so‘mni iqtisod qiladi). Xulosa: Farg‘ona viloyatida ekologik va gigienik omillarning ta’sirida aholining umr ko‘rish davomilligiga ta’sir qiluvchi kasalliklarning asoratlarni davolash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 130000-150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marotaba Farg‘ona viloyati aholisini o‘lim va kelgusi o‘rtacha umr ko‘rishining tibbiy, ijtimoiy va demografik jihatlari maxsus usul yordamida amalga oshirish asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 9-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marotaba Farg‘ona viloyati aholisini o‘lim va kelgusi o‘rtacha umr ko‘rishining tibbiy, ijtimoiy va demografik jihatlarini kompleks baholashning gigienik xususiyatlari va uning ekologik omillarning o‘zgarishi, havo, suv va tuproq tarkibining buzilishi va unga bog‘liqligi natijasida aholining salomatlik holati va umr ko‘rish natijasida o‘zgarishlarning oldini olishdagi muhim zaxira deb hisoblasa bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: birinchi marotaba Farg‘ona viloyati aholisini o‘lim va kelgusi o‘rtacha umr ko‘rishining tibbiy, ijtimoiy va demografik jihatlarini kompleks baholash natijasida bir nafar bemor uchun 130000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra turli terapevtik kasalliklar natijasida 1 kun davolanish 130000 so‘mni, jarrohlik tizimi kasalliklari uchun 140000 so‘mni, xo‘jalik hisobida davolash uchun bir bemor uchun bir kunga 150000 so‘mni iqtisod qiladi). Xulosa: Farg‘ona viloyatida ekologik va gigienik omillarning ta’sirida aholining umr ko‘rish davomilligiga ta’sir qiluvchi kasalliklarning asoratlarni davolash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 130000-150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona viloyati shahar va qishloq aholisining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi salbiy omillar, rivojlanadigan kasalliklar ijtimoiy gigienik jihatdan aniqlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 9-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyati shahar va qishloq aholisining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi salbiy omillar, rivojlanadigan kasalliklarning asoratlari natijasida shakllanadigan onkologik kasalliklar sonining keskin ortishi va uning umr ko‘rish davomiyliliga ta’sirining ijtimoiy gigienik jihatlari ochib berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Farg‘ona viloyati shahar va qishloq aholisining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi salbiy omillar havo tarkibidagi turli xlor va fosforganik birikmalar va pestisidalarning qoldiqlari, suv tarkibining o‘zgarishi natijasida rivojlanadigan kasalliklarning asoratlari natijasida shakllanadigan onkologik kasalliklar rivojlanishni oldini olishga qaratilgan bir nafar bemor uchun 130000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra turli terapevtik kasalliklar natijasida 1 kun davolanish 130000 so‘mni, jarrohlik tizimi kasalliklari uchun 140000 so‘mni, xo‘jalik hisobida davolash uchun bir bemor uchun bir kunga 150000 so‘mni iqtisod qiladi). Xulosa: Farg‘ona viloyati shahar va qishloq aholisining o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi salbiy omillar, rivojlanadigan kasalliklarni davolash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 130000-150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kattalar o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hozirgi holati va asosiy tendensiyalari, shahar va qishloq aholisining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzini hisobga olgan holda o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 9-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi Andijon viloyati boshqarmasining Andijon shahar bo‘limi bo‘yicha 05.02.2024 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kattalar o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hozirgi holati va asosiy tendensiyalari, shahar va qishloq aholisining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzini hisobga olgan holda o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi asosiy gigienik omillarning o‘rni isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kattalar o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hozirgi holati va asosiy tendensiyalari, shahar va qishloq aholisining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzini hisobga olgan holda o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi kasallkilarni kamaytirish maqsadida bir nafar bemor uchun 130000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra turli terapevtik kasalliklar natijasida 1 kun davolanish 130000 so‘mni, jarrohlik tizimi kasalliklari uchun 140000 so‘mni, xo‘jalik hisobida davolash uchun bir bemor uchun bir kunga 150000 so‘mni iqtisod qiladi). Xulosa: kattalar o‘limi va umr ko‘rish davomiyligining hozirgi holati va asosiy tendensiyalari, shahar va qishloq aholisining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tuzilishi va turmush tarzini hisobga olgan holda o‘lim darajasi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi kasalliklarni davolashda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 130000-150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.