Ismailova Nigora Yarkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya faoliyati ichki auditi va uni takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1110. 
Ilmiy rahbar: Karimov Akrom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmadjonov Karimjon Bokidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti” milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida investisiyalar samaradorligi ichki auditini takomillashtirihga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘l transporti sohasida kapital qoyilmalar samaradorlogini oshirish maqsadida ichki audit tekshiruvlari uslubiyati takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti sohasida kapital qo‘yilmalar sifatida investision ob’ektlar qurilishining ichki auditi protseduralari takomillashtirilgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” investision faoliyati auditi modeli ishlab chiqilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ investision faoliyatini monitoring qilish uchun kompaniyaning sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash uchun taksonometrik usuli taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimida ichki audit xizmati faoliyatini baholash hamda ichki auditorlat bajargan ishini baholash me’zonlari reyting ball asosida ishlab chiqilgan, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) tizimini tadbiq etilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti sohasida investisiya samaradorligini oshirishda ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Temir yo‘l transporti sohasida kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish maqsadida ichki audit tekshiruvlari uslubiyatini takomillashtirish taklifi («O‘zbekiston temir yo‘llari»  AJ 2023 yil 27 iyundagi 2/4422-5030- son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiyadorlik jamiyatining ichki audit hodimlari tomonidan tuzilgan hisobot shakllarida kapital qo‘yilmalari moliyaviy baholash imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l transporti sohasida kapital qo‘yilmalar sifatida investision ob’ektlar qurilishining ichki auditi protseduralari takomillashtirilgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” investision faoliyati auditi modeli taklifi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2023 yil 27 iyundagi 2/4422-5030-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kompaniyaning yillik iqtisodiy samaradorligi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 11 foizga ya’ni 17,5 mln. so‘mga oshishiga erishilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ investision faoliyatini monitoring qilish uchun kompaniyaning sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash uchun taksonometrik usuli taklifi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2023 yil 27 iyundagi 2/4422-5030-son ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l transporti kompaniyasining yillik iqtisodiy samaradligi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 12,65 foizga ya’ni 20 mln. so‘mga oshgan;
aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tizimida ichki audit hizmati faoliyatini baholash hamda ichki auditorlar bajargan ishini baholash mezonlari reyting ball asosida ishlab chiqilgan, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) tizimini tadbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-329-son “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘grisida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2023 yil 27 iyundagi 2/4422-5030-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit hodimlari tomonidan investisiyalarning sarflanishini monitoring qilishni EMSK tizimini jo‘riy etilishi temir yo‘l transporti kompaniyasining ichki audit hizmati tomonidan tayorlanadigan ichki audit hisobot shakllari va ularning axborot ta’minoti imkoniyatlarini 9 foizga ya’ni 14,5 mln. so‘mga o‘sishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish