Raxmatillaev Jasurbek Raxmatilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirishni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu869.
Ilmiy rahbar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Azizov Xudoyqul Tojievich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirishni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi muammolarini ochib berish va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er uchastkalarini xususiy mulk qilib sotish yuzasidan o‘tkaziladigan auksionda ishtirok etish huquqiga ega shaxslar doirasini aniqlash, bunday savdolarda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etishlari lozimligi asoslantirilgan;
kim oshdi savdolarida sotilgan er uchastkalariga nisbatan taqiqni echish va auksonda g‘olib bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga muvofiq amalga oshirilishi asoslangan;
auksionda g‘olib bo‘lgan shaxs tegishli shartnomani imzolash yoki pulni to‘lashdan bosh torsa bayonnoma va er uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi asoslantirilgan;
vakolatli davlat organi auksion natijalari haqida bayonnoma bo‘yicha er uchastkasiga nisbatan mulk huquqini beruvchi hujjatni rasmiylashtirib elektron tarzda auksion g‘olibiga yuborishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirishni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
er uchastkalarini mulk huquqida sotish bo‘yicha auksionda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga egaligi (chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno)ga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 27-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 4-noyabrdagi 12/21-82-son dalolatnomasi). Ushbu taklif er uchastkalarini xususiylashtirish ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
er uchastkalarini realizatsiya qilish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan echish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 27-bandi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 4-noyabrdagi 12/21-82-son dalolatnomasi). Ushbu taklif elektron-onlayn auksion natijalari haqidagi bayonnomaning ta’siri doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, er uchastkasini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanishi hamda bu haqda buyurtmachi o‘zining «ERELEKTRON» AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni er uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 31-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 4-noyabrdagi 12/21-82-son dalolatnomasi). Mazkur taklif auksion g‘olibi shartnomani imzolashdan bosh tortishining huquqiy oqibatlarini aniqlashtirgan;
davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida belgilangan shaklda er uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlashi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda «ERELEKTRON» AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuborishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 32-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik ta’minlash boshqarmasi 2022-yil 4-noyabrdagi 12/21-82-son dalolatnomasi). Ushbu taklif er uchastkalarini xususiylashtirish natijalari bo‘yicha vakolatli davlat organining g‘olibga davlat orderini berish va uni rasmiylashtirish bo‘yicha vazifalarini belgilashga xizmat qilgan.