Qoylibaev Bayrambay Dalibaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta masofaga yugruvchlarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini takomillashtirish samaradorligi”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2322.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xaydarov Baxtiyar Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida funksional imkoniyatlarini hisobga olib o‘rta masofaga yuguruvchi talaba-sportchilarni musobaqalarga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
800 m masofaga yuguruvchi sportchilarda musobaqa jarayonida yuzaga keladigan charchoq holatini kechiktirish maqsadida o‘zgaruvchan, qisqa muddatli yuqori  shiddatda bajariladigan aralash, anaerob, laktak va glikolitik zonalarda masofani yugurib o‘tish orqali organizmni ushbu yuklamalarga moslashturuvchi yugurish usulini qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan; 
o‘rta masofaga yuguruvchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy tayyorgarligi va funksional holatidan kelib chiqib, zinasimon o‘sib boruvchi aerob, aerob-anaerob va anaerob yuklamalarni (kichik zonadan boshlab o‘rta, katta, submaksimal va maksimal zonalarda) belgilangan masofani yugurib o‘tishda yugurish tezligi va bajarish suratini oshirish hisobiga sportchilarni tezkor chidamliligi rivojlantirilgan;
800 m masofaga yuguruvchilarni tayyorgarlik mashg‘ulotlarida har bir sportchining 400 m masofani yugurib o‘tishda galma-gal, navbat almashib, bir-birini ta’qib qilgan holda masofani yugurib o‘tish hisobiga musobaqa jarayonida yugurish masofasi va vaqtini his qilish ko‘nikmasi takomillashtirgan;
o‘rta masofaga yuguruvchi talaba sportchilarni yillik tayyorgarlik dasturini o‘quv jarayonidagi olayotgan yuklamalarni inobatga olib shiddatli va zarbdor mikrotsikllarda o‘sib boruvchi  progressiv usulda ixtisoslashgan mashqlarni kiritish hamda regressiv mikrotsiklda yuklamalarni pasaytirish orqali organizmni tiklovchi vositalardan foydalanish hisobiga yillik musobaqalarga sportchilarni tayyorlash tizimi samaradorligi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta masofaga yuguruvchilarning pedagogik tadqiqot davomidagi mashg‘ulot yuklamalari yordamida funksional holatini oshirish va musobaqalarga samarali tayyorlashda olingan ilmiy ma’lumotlar asosida:
o‘rta masofaga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha takliflar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida olib borilgan mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 01-07/1206-son dalolatnomasi). Natijada o‘rta masofaga yuguruvchi talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanishini nazorat qilishning axborotli va ishonchli testlar majmuasini aniqlashtirilgan;
talaba-yoshlar jismoniy tayorgarligini funksional holatini nazorat qilishning me’yoriy ko‘rsatkishlari ishlab chiqilgan takliflar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida olib borilgan mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 01-07/1206-son dalolatnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi ko‘p yillik mashg‘ulot faoliyatini nazorat qilish me’yoriy ko‘rsatkichlarining yaroqliligi tajribada asoslangan. 
o‘rta masofaga yuguruvchilarni musobaqaga tayyorlashda Genchi va Shtanga sinovlari Nukus shahri 1-son sport maktabining engil atletika to‘garagida shug‘ullanuvchi talaba sportchilarning mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 01-07/1206-son dalolatnomasi). Natijada, o‘rta masofaga yuguruvchilarda sportchilarning funksional tayyorgarligi Genchi sinovi bo‘yicha 7,3% ga ko‘rsatkichlari hamfa Shtange sinovlari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlari 7,2% ga yaxshilangan.
o‘rta masofaga yuguruvchilarning funksional holatini oshirish bo‘yicha shiddatli yuklamalarni qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan takliflar Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tayyorlanadigan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”kafedrasining “Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi” faniga joriy etilgan hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 01-07/1206-son dalolatnomasi). Natijada, o‘rta masofaga yuguruvchi talabalarning tezkor-chidamliligi 8,9% ga, umumiy chidamlilik sifati 5,8% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish