Abdujalilova Dilnoz Abdusattorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavz   usi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2792 
Ilmiy rahbar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish hamda ichki boshqaruv maqsadlarida talabalar bilan hisob-kitoblarning ta’lim shakllari bo‘yicha moliyaviy natijalarini aniqlash taklif etilgan;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli asosida rasmiylashtirilgan shartnomada uning bajarilish muddati davomida o‘qitish xizmatining bajarilishi asnosida tushgan tushumning joriy davrdagi qismini daromad sifatida tan olib borish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha tan olinadigan daromadlarni 520200/1 (252/1) – “To‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/2 (252/2) – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/3 (252/3) – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/4 (252/4) – “Fanlardan akademik qarzdorlik uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlarni 730000/1 (251/1) – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/2 (251/2) – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/3 (251/3) – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/4 (251/4) – “Fanlardan akademik qarzdorlik bo‘yicha tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish hamda ichki boshqaruv maqsadlarida talabalar bilan hisob-kitoblarning ta’lim shakllari bo‘yicha moliyaviy natijalarini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidagi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/29-3621-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomida talabalar bilan hisob-kitoblarning turlari bo‘yicha moliyaviy natijalarni davriy aniqlab borish, o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan strategik rivojlantirish dasturi va biznes rejasini asoslangan holda shakllantirish hamda ijrosini ta’minlash, moliyaviy faoliyatga aloqador samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli asosida rasmiylashtirilgan shartnomada uning bajarilish muddati davomida o‘qitish xizmatining bajarilishi asnosida tushgan tushumning joriy davrdagi qismini daromad sifatida tan olib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidagi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasasining hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/29-3621-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromadlarning hisobot davri davomida xarajatlar bilan bog‘liqlikda tan olinishi, daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi joriy buxgalteriya ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish, tuzib taqdim etilayotgan daromadlar va xarajatlarga oid hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda daromadlarni asossiz kamaytirishning oldini olish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha tan olinadigan daromadlarni 520200/1 (252/1) – “To‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/2 (252/2) – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/3 (252/3) – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520200/4 (252/4) – “Fanlardan akademik qarzdorlik uchun undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidagi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/29-3621-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblar yuzasidan daromadlarining turlari bo‘yicha hisobga olish tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, ular bilan bog‘liq daromadlarni o‘rganish, prognoz ko‘rsatkichlarni shakllantirish, daromadlarning turlari bo‘yicha mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashga oid samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat;
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlarni 730000/1 (251/1) – “O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/2 (251/2) – “Oshirilgan to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/3 (251/3) – “Davlat buyurtmasiga asosan to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730000/4 (251/4) – “Fanlardan akademik qarzdorlik bo‘yicha tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarida hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidagi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining hisob siyosatlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/29-3621-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan haqiqiy xarajatlarni turlari bo‘yicha hisobga olib borish orqali xarajatlarning turlari to‘g‘risida joriy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, xarajatlarni davriy tahlil qilish, xarajatlar bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatlarni aniqlash va pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarni prognoz qilish, belgilangan xarajatlarning ijrosini to‘g‘ri amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish