Aripxodjaeva Nargiza Urmanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie mexanizma korporativnogo upravleniya v deyatel`nosti predpriyatiy pishhevoy promishlennosti” (“Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirish”), 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/Iqt2819.
Ilmiy rahbari: Umarxodjaeva Muyassarxon Ganievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xodimlarning korxonadagi mehnat faoliyatining muayyan davri hamda korxona ishlab chiqarish natija va yutuqlaridagi hissasidan kelib chiqqan holda ularni rag‘batlantirish ko‘rinishida aksiyalar taqdim etib borish orqali ishlab chiqarish va boshqaruvdagi ishtiroki faolligini oshirish taklifi asoslangan;   
oziq-ovqat sanoati korxonalarida tarmoq bo‘yicha dividendlarning o‘rtacha darajasi, moliyaviy resurslardan foydalanishning muqobil samaralari hamda yillik narx darajasidagi o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda aksiyalar bo‘yicha dividend belgilash amaliyoti orqali korxona xodimlarining korporativ boshqaruvdagi faol ishtirokidan manfaatdorligini oshirish taklifi asoslangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari korporativ boshqaruvida tarmoq xodimlariga qimmatli qog‘ozlar xaridida ustuvorlik berish asosida ularning nufuzli va yuqori daromadli aksiya egalariga aylanish imkoniyatlarini ta’minlash orqali davlat ulushini tizimli ravishda kamaytirish va aksiyadorlarning keng guruhini shakllantirish taklifi asoslangan;
“O‘zdonmahsulot” AK rivojlanishining joriy tendensiyalari, davlatning tartibga soluvchi chora-tadbirlari, xorijiy investisiyalar oqimi ta’sirini e’tiborga olgan ko‘p omilli ssenariylarni namoyon etuvchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida: 
xodimlarning korxonadagi mehnat faoliyatining muayyan davri hamda korxona ishlab chiqarish natija va yutuqlaridagi hissasidan kelib chiqqan holda ularni rag‘batlantirish ko‘rinishida aksiyalar taqdim etib borish orqali ishlab chiqarish va boshqaruvdagi ishtiroki faolligini oshirish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2023 yil 13 apreldagi 17-3/33-302-sonli ma’lumotnomasi).   Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot tannarxini o‘rtacha 4,7 foizga kamaytirish orqali oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish imkoni yaratilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida tarmoq bo‘yicha dividendlarning o‘rtacha darajasi, moliyaviy resurslardan foydalanishning muqobil samaralari hamda yillik narx darajasidagi o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda aksiyalar bo‘yicha dividend belgilash amaliyoti orqali korxona xodimlarining korporativ boshqaruvdagi faol ishtirokidan manfaatdorligini oshirish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2023 yil 13 apreldagi 17-3/33-302-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan dividendlar miqdorini 3,8 barobar oshirish imkoni yaratilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari korporativ boshqaruvida tarmoq xodimlariga qimmatli qog‘ozlar xaridida ustuvorlik berish asosida ularning nufuzli va yuqori daromadli aksiya egalariga aylanish imkoniyatlarini ta’minlash orqali davlat ulushini tizimli ravishda kamaytirish va aksiyadorlarning keng guruhini shakllantirish taklifi  “O‘zdonmahsulot” AK faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2023 yil 13 apreldagi 17-3/33-302-sonli ma’lumotnomasi).   Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalari ishchilarining mehnat unumdorligini 151,3 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zdonmahsulot” AK rivojlanishining joriy tendensiyalari, davlatning tartibga soluvchi chora-tadbirlari, xorijiy investisiyalar oqimi ta’sirini e’tiborga olgan ko‘p omilli ssenariylarni namoyon etuvchi ekonometrik model asosida ishlab chiqilgan 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zdonmahsulot” AK faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AJning 2023 yil 13 apreldagi 17-3/33-302-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida strategik rejani ishlab chiqish va kompaniya rivojlanishining asosiy iqtisodiy yo‘nalishlarini qayta shakllantirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish